
Belarusda taqiqlangan qizil-oq rangli paypoq va poyabzal kiygan Natalya Sivtsova-Sedushkina 650 funt jarimaga tortildi.
Bu voqea Belarus poytaxti Minskda bo‘ldi, deya yozadi haber.com sayti.
Mahalliy ommaviy axborot vositalari Sivtsova-Sedushkinaning jazolanishiga sabab mamlakatda bayroq rangidagi paypoq va poyabzal kiyib olgani ekanini yozmoqda.
“Buni qoidabuzarlik hisoblash to‘g‘rimi? Men xotirjam yurgan edim. Hech kimni bezovta qilmadim hattoki”, deydi u. Sedushkina politsiyada 3 soat ushlab turilganini, so‘ngra jarima solinganini aytgan.