Barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etib, Yaratgan Mehribon Parvardigorimizdan muborak oylarning fayzi ilohiy, xayru barakotlaridan xalqimizni bahramand etishini Parvardigordan so‘raymiz.

Alloh taolo O‘zining buyuk irodasi va cheksiz hikmati taqozosiga ko‘ra, O‘zi yaratgan maxluqotlarini fazl va ustunlikda bir-biridan farqli va tafovut qiladigan qilib yaratgan. Ba’zi makonlarni boshqasidan, ayrim zamonlarni o‘zgasidan ortiq va afzal qilib qo‘ygan. Bu ham bo‘lsa, Xudoi Taoloning biz bandalariga marhamatli zot ekanligidandir! Alloh Taolo kunlar orasidan ba’zilarini tanlab olib, ularni ezgulik mavsumlari, toat va ibodat kunlari, qurbat hosil qilish vaqtlari qilib belgiladi. Bular yil mobaynida hadya tariqasida berilgan kunlardir! Bular – Parvardigori olam Alloh Taolo tomonidan bandalarga ato etilgan rahmat shabbodalaridir! Kim ularga e’tibor berib, yaxshiliklaridan bahramand bo‘lib qolsa, o‘sha ikki dunyoda ham haqiqiy baxtiyor kishidir!

Jumladan, Alloh Taboraka va Taolo muborak Ramazon oyini boshqa barcha oylardan oliy va mufazzal qildi. Uni ko‘plab buyuk fazilatlar va ulug‘ imtiyozlar bilan xosladi. Masalan, islomning besh asosiy va fazilati ulug‘, buyuk ruknlaridan biri bo‘lgan ro‘za ibodati aynan shu oyda amalga oshiriladi, dinimizning eng mo‘’tabar manbasi Qur’oni karim ham muborak Ramazon oyida nozil qilingan. Bu haqida Alloh Taboraka va Taolo Baqara surasining 185 oyati karimasida shunday marhamat qiladi:

“Ramazon oyi – odamlar uchun hidoyat (manbai) va to‘g‘ri yo‘l hamda ajrim etuvchi hujjatlardan iborat Qur’on nozil qilingan oydir. Bas, sizlardan kim bu oyda (o‘z yashash joyida) hozir bo‘lsa, ro‘zasini tutsin. Kimki bemor yoki safarda bo‘lsa, (tuta olmagan kunlarining) sanog‘i boshqa kunlardandir. Alloh sizlarga yengillikni istaydi, og‘irlikni xohlamaydi”.

Demak, ushbu oyning eng ulug‘ fazilati bu oyda ro‘za tutish orqali Alloh Taologa qurbat hosil qilinar ekan.  Zero, ro‘za ibodati bilan nafs tarbiyalanadi, shahvoniy hoyu-havaslar jilovlanadi. Ro‘za tutib, inson komil xulqlarga ega bo‘ladi. Komil xulqli insonlar yashagan jamiyatda osuda va tinch-osoyishta hayot hukm suradi. 

Imom Buxoriy, Imom Muslim, Imom Nasoiy va Imom Ahmadlarday buyuk zotlar Janob Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilgan Hadisi qudsiyda Alloh Taolo: “Odam bolasining hamma amali o‘zi uchun, faqat ro‘za Men uchundir va uning mukofotini Men – O‘zim berurman”, – deb marhamat qilgan. Alloh taolo barcha solih, xayrli, savobli, yaxshi va chiroyli amallar ichidan faqatgina ro‘zani O‘zi uchun tanlagani bu ibodatning nechog‘lik ulug‘ ekanligiga dalolat qiladi.

Janob Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi va sallamning: “Kimki Ramazon ro‘zasini imon-e’tiqod va Allohdan savob umid qilib tutsa, uning o‘tgan gunohlari kechiriladi”, deganlari ham bu oyda tutilgan ro‘zaning ajri, Xudoi Taolo tomonidan beriladigan savobi va uning ahamiyati naqadar ulug‘ligini anglatadi.

Janob Payg‘ambarimiz Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: “Kim beshta kechani bedor o‘tkazsa, jannat unga vojib bo‘ladi – tarviya, arafa, qurbonlik, fitr va Sha’bonning o‘n beshinchi kechalaridir”, – dedilar.

Xudoi Taboraka va Taolo hech bir narsani behikmat yaratmagan... Odam bolasi to‘qqiz deganda mukammal inson bo‘lib dunyoga keladi.

Islom dinimizning bosh manbai, insoniyatning Qiyomatgacha hayot dasturi – Qur’oni karim – Ramazon oyida nozil bo‘lgan. Shu sabab ham Ramazon – Qur’on oyidir! Qur’on karim bilan ro‘za oyi orasidagi mustahkam aloqa va bog‘liqlikni muborak Ramazonning ilk kuni kirishi bilanoq har bir musulmon kishi o‘z qalbining tub-tubidan his etadi. Va o‘ta kuchli muhabbat va katta qiziqish bilan Alloh Taoloning ulug‘ Kitobini mutolaa qilishga kirishadi. Uning oyatlari borasida tafakkur yuritadi, Unda keltirilgan qissalaru xabarlardan ibrat oladi. Masjidlar namozxonlar va Qur’on tilovat qiluvchilar bilan to‘lib ketadi. Dunyodagi bor masjidlarda Qur’oni karim xatmi boshlanadi. Yurtimizda ham, ayniqsa tarovehlarda, Qur’on xatmiga alohida ahamiyat beriladi.  Va bu holat butun olamga muborak Ramazon oyi  Qur’on oyi ekanligini baralla e’lon qiladi.

Tafsir kitoblarida kelishicha, Qur’oni karim muborak Ramazon oyining muborak Qadr kechasida Lavhul mahfuzdan dunyo osmoniga tushirilgan. So‘ngra, yigirma uch yil davomida voqea hodisalar rivojiga muvofiq ravishda bo‘lib-bo‘lib Janob Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallamga indirilgan.

Janob Rasululloh sallallohu alayhi vasallam bu oyda Qur’onni Jabroil alayhissalom nazoratlaridan to‘liq o‘tkazib olar edilar. Bu ulug‘ farishta bilan birgalikda Qur’oni karimni dars qilardilar. Vafot topadigan yillarida esa, Qur’oni karimni Jabroil alayhissalomdan ikki marta o‘tkazib olganlar.

O‘tgan ulug‘ zotlarimiz ham bu muborak oyda Qur’oni karim uchun alohida e’tibor va vaqt ajratganlar. Faqih olimlar ham bu oyda ilm bilan shug‘ullanishni butunlay yig‘ishtirib yoki kamaytirib, Qur’on mutolaasiga iqbol etganlar. Manbalarda kelishicha, Usmon ibn Affon raziyallohu anhu Qur’oni karimni har kuni o‘qib tushirar edilar. Boshqa ba’zilar Qur’oni karim qiroatini uch kunda nihoyasiga yetkazar edilar. Yana birlari bir haftada xatm qilsalar, boshqalar o‘n kunda o‘qib bitirar edilar. Qatoda rahimahulloh Qur’onni doimo har yetti kunda xatm qilsalar, muborak Ramazon kelganda har uch kunda o‘qib tushirar, oxirgi o‘n kunlik kirganda esa har kechada xatm qilardilar. Imom A’zam Abu Hanifa rahmatullohi alayh muborak Ramazon oyida Qur’oni karimni oltmish marta xatm qilardilar. Imom Molik rahmatullohi alayh Ramazon oyi kirganda hadis ilmi va ulamolar bilan bo‘lgan ilm majlislarini to‘xtatib, Qur’on qiroatiga yuzlanar edilar.

Shunday ekan, biz ham bu g‘animat oy davomida xatmi Qur’onga oshno, tilovatini eshituvchi bo‘lsak, maqsadga muvofiq bo‘lar edi. 

Muborak Ramazon oyi qadimdan o‘zaro mehr-oqibat, ko‘mak va yordam oyi hisoblanib kelgan. Muuborak Ramazoni sharif har bir ezgu amal uchun savoblar bir necha barobar ko‘paytirib beriladigan oy ekanligi bois har bir mo‘min-musulmon banda bu fursatlardan foydalanishga harakat qiladi, muhtoj kishilarga qo‘lidan kelgancha ko‘mak beradi. Bu oyning barakasidan har bir uy bahramand bo‘lib, mo‘minlar qalbiga xursandlik va shodlik kirsin uchun odamlar alohida Ramazonga xos xayru ehsonlari bilan bir qatorda zakotlarini ham shu oyda beradilar. 

Salmon Forsiy raziyallohu anhu Rasululloh alayhissalomdan rivoyat qilgan hadisi sharifda shunday deyiladi: “Ey insonlar, buyuk va muborak oy sizlarga yaqin keldi... Bu oyda kim Allohga yaqinlashtiradigan ezgulik qilsa, undan boshqa oyda ado etgan bir farz darajasini topadi va bu oyda bir farzni ado etgan kishi boshqa oyda yetmish farzni ado etgan kabi bo‘ladi... Bu – ko‘mak va yordam oyidir! Bu oyda mo‘minnig rizqi ko‘paytiriladi. Bu oyda kim bir ro‘zadorga iftorlik bersa, gunohlariga mag‘firat bo‘ladi, do‘zax o‘tidan o‘zini qutqaradi va ro‘zadorning ajridek ajrga ega bo‘ladi. Ro‘zadorning ajridan esa hech narsa kamaymaydi”.

Shunga binoan, har birimiz avvalo ahli oilamizga, so‘ng yaqinlarimiz, qo‘ni-qo‘shnilarimiz orasidagi ehtiyojmand kishilarga saxovat ko‘rsatsak, fazilati yanada ulug‘ bo‘ladi.

Alloh Taboraka va Taoloning farishtalarining eng ulug‘lari Jabroil alayxissalom aytadilar: 

"Agar Alloh menga daryo, dengiz, okeanlarda qancha suv borligini sanab kel, desa, sanab kela olaman.

Agar sahroyu, cho‘llarda qancha tuproq zarrasi borligini bilib kel, desa, bilib kela olaman.

Agar dunyodagi hamma o‘simlik va daraxtlardagi barglarini sonini sanashni buyirsa, uddasidan chiqaman...

Lekin Muhammad sallalloxu alayhi vasallamning ro‘zador ummatlariga beriladigan savobini sanay olmadim!"

Bizning jonajon diyorimizda har yili muborak Ramazon oyi munosabati bilan uni munosib o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida muhtaram Prezidentimizning maxsus qarorlari chiqadi. Joylarda ushbu qarorning ijrosi yuzasidan qator amaliy ishlar qilinadi. Jumladan, tv va radio orqali yurtdoshlarimizga bu muborak va ulug oyning fazilatlari haqida keng ma’lumotlar berilishi, ehtiyojmand kishilarning holidan xabar olinishi, saxovatpesha xalqimiz ham yaxshilik qilishga bel bog‘lab, muhtojlar holidan xabar olishlari ham shu jumlasidandir. 

Ibrohimjon INOMOV,

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oylar sultoni muborak bo‘lsin!