Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori, tarix fanlari nomzodi, dotsent Sh.Ziyodov 8 aprel kuni Turizmni rivojlantirish instituti va Xalqaro islom akademiyasi hamkorligida o‘tkazilayotgan “Ziyorat – turizm: tarix, faktlar, shaxslar” nomli xalqaro onlayn seminarda ishtirok etib, ma’ruza qildi.

Sh.Ziyodov dastlab yurtimizda so‘nggi yillarda ziyorat turizmini rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berib, O‘zbekistonning sayyohlik salohiyotini Samarqanddagi muqaddas qadamjolar, xususan, Imom Buxoriy majmuasi misolida atroflicha yoritib berdi.

Anjumanda olim yurtimizda turizm milliy iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biri sifatida baholanib, keng miqyosdagi ishlar amalga oshirilayotgani, mamlakatimizga kelayotgan sayyohlar soni oxirgi uch yil mobaynida sezilarli darajada oshgani, bu borada Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlaridagi muqaddas qadamjolar, diqqatga sazovor tarixiy maskanlar alohida ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi.

– Samarqand ziyorat turizmi yo‘nalishida ulkan salohiyatga ega bo‘lgan hududlardan hisoblanadi. Tarixda ham bu diyor turli o‘lkalardan kelgan sayyohlarni o‘ziga rom etib kelgan. Har yili bu shaharga xorijiy mamlakatlardan minglab sayyohlar keladi. Viloyatda hozirgi kunda 1851 ta moddiy-madaniy meros ob’ekti mavjud bo‘lib, ular orasida ziyorat qilinishi mumkin bo‘lgan qadamjolar juda ko‘p. Bunga sabab Samarqandda ko‘plab madrasa va masjid, islom bilimlari va ilm-fanning turli sohalari rivojiga munosib hissa qo‘shgan buyuk allomalar hoki abadiy qo‘nim topgan maqbaralar mavjud. Shohi Zinda, Ruhobod, Imom Buxoriy, Imom Dorimiy, Imom Moturudiy, Maxdumi A’zam Dahbediy, Xoja Ahror Valiy, Shayx Xudoydodi Valiy va boshqa ko‘plab ziyoratgohlar shular jumlasidandir,– dedi Sh.Ziyodov. 

Seminar davomida ishtirokchilarga muhaddislar sultoni Imom Buxoriyning hayoti va boy ilmiy-ma’naviy merosi haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Ushbu merosni o‘rganish va kelajak avlodga yetkazish maqsadida olib borilayotgan tadqiqot ishlari haqida so‘z yuritdi.

Olim ziyorat turizmi taraqqiyotida Imom Buxoriy yodgorlik majmuasining o‘rni va ahamiyati qanday bo‘lishi haqida o‘z mulohazalarini bildirdi. Shuningdek, ushbu sohani taraqqiy ettirishga xizmat qiluvchi ayrim takliflarini aytdi.

– Eng avvalo, viloyatdagi muqaddas qadamjolarning turistik xaritasini ishlab chiqish va zamon talablari darajasida rekonstruksiya qilish, u yerlarda ayollar uchun qulayliklar yaratish, turli tillarda buklet va tarqatma materiallar tayyorlash, targ‘ibot ishlarini muntazam yo‘lga qo‘yish, transport va boshqa xizmat ko‘rsatish tizimlarini yaxshilash, mobil ilovalar ishlab chiqish, “Halol” xalqaro standartlariga muvofiq oshxona va ovqatlanish shaxobchalarini tashkil etish, tezkor internet tarmog‘i bilan ta’minlash va gid-tarjimonlarni tayyorlash masalasiga e’tiborni kuchaytirish dolzarb ahamiyat kasb etadi, – dedi Sh.Ziyodov.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi 

Matbuot xizmati

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonning ziyorat turizmi salohiyati