“Ruslan va Lyudmila” 125,36 ming dollarga sotildi
Londondagi “Christie’s” kimoshdi savdo uyida Aleksandr Pushkin qalamiga mansub “Ruslan va Lyudmila” poemasining birinchi nashri 93,75 ming funt sterlingga (125,36 ming dollar) sotildi.
Londondagi “Christie’s” kimoshdi savdo uyida Aleksandr Pushkin qalamiga mansub “Ruslan va Lyudmila” poemasining birinchi nashri 93,75 ming funt sterlingga (125,36 ming dollar) sotildi.1820-yilda nashr etilgan ushbu poemaning boshlang‘ich narxi 50-70 ming funt sterlingga (66,9-93,6 ming dollar) baholanayotgan edi, deb xabar beradi TASS. Pushkinning 1826- yilga oid she’rlar to‘plami esa 60 ming funt sterlingga (80,2 ming dollar) xarid qilingan.
Shuningdek, ingliz tabiatshunosi Charlz Darvinning “Tabiiy tanlanish yo‘li bilan turlarning kelib chiqishi, ya’ni yashash uchun kurashda eng yaxshi moslashgan zotlarning saqlanib qolishi” nomli kitobi (1861-yil) 788,75 ming funt sterlingga (1,05 million dollar) sotilgan. Sahifalarida muallif qaydlari mavjud mazkur asarning boshlang‘ich narxi 300-500 ming funt sterlingga (400-668 ming dollar) baholangan edi.