Nazarboev o‘z bayonotida Zelenskiy bu kabi uchrashuvga rozilik bildirganini ma’lum qilgan edi.

Qozog‘iston sobiq prezidenti Nursulton Nazarboev 12 noyabr kuni Nur-Sultonda bo‘lib o‘tgan anjumanda Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar tashkil etish taklifi bilan chiqdi.

Biroq, Kreml Zelenskiy bilan uchrashuv borasidagi Nazarboev taklifiga sovuqqonlik bilan munosabat bildirdi.

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga, Moskva Ukraina – Rossiya munosabatlari “normal o‘zanga tushishini” istashini aytar ekan, biroq bu ishni “Kiev tomonidan bo‘ladigan o‘zaro kelishuvlarsiz amalga oshirib bo‘lmasligini“ ta’kidladi.
“So‘zsiz, Putin uchrashuv o‘tkazish uchungina o‘tkazilishi kam foyda keltiradi, degan fikrda, uchrashuvlarga jiddiy tayyorgarlik ko‘rish kerak. Biz “normand formati”ga tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz“, deya bayonot berdi Peskov, Ukraina, Rossiya, Fransiya va Germaniya yetakchilarini birlashtirgan formatni eslatar ekan.

Mazkur format Ukraina sharqidagi vaziyatni barqarorlashtirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

“Agar ularga (Putin va Zelenskiy) betaraf maydon kerak bo‘lsa, men Qozog‘istonni taklif qilgan bo‘lardim“, deya bayonot berdi Nazarboev.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kreml Zelenskiy bilan uchrashuv borasidagi Nazarboev taklifini rad etadimi?