Kim Chen-Yan Interpolning prezidenti etib saylandi
Xalqaro politsiya maʼlumotlariga koʻra, Janubiy Koreyalik Kim Chen-Yan Interpolning yangi prezidenti etib saylandi
Xalqaro politsiya maʼlumotlariga koʻra, Janubiy Koreyalik Kim Chen-Yan Interpolning yangi prezidenti etib saylandiChen-Yan shu yilning sentyabr oyida gʻoyib boʻlgan va keyinroq Xitoyda hibsga olinganligi maʼlum qilingan sobiq Interpol prezidenti Men Xunveyning oʻrnida vaqtinchalik prezident vazifasini oʻtab kelayotgan edi. Bugun Dubayda boʻlib oʻtgan kongressda Kim Chen-Yan ikki yil muddatga Interpol prezidenti etib saylandi.
“Bugun bizning dunyomizda misli koʻrilmagan oʻzgarishlar sodir boʻlmoqda, unda jamoat xavfsizligi va tinchligini saqlashda katta qiyinchiliklarga duch kelinayotgani sir emas. Biz bu muammolarni bartaraf etishimiz shart”, degan Kim Chen-Yan Interpolning Bosh assambleyasida.
57 yoshli Kim Chen-Yan 20 yil davomida Janubiy Koreya politsiyasida faoliyat yuritgan va 2015 yili nafaqaga chiqqan.