Indoneziyadagi zilzila katta talafot keltirdi
Yakshanba kuni Indoneziyaning Lombok orolida ro‘y bergan kuchli yer silkinish oqibatida kamida 91 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Indoneziya tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish milliy agentligiga asoslanib “RIA Novosti” xabar bermoqda
Yakshanba kuni Indoneziyaning Lombok orolida ro‘y bergan kuchli yer silkinish oqibatida kamida 91 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Indoneziya tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish milliy agentligiga asoslanib “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Ma’lumotga ko‘ra, 200 dan ortiq kishi jiddiy jarohat olgan. Agentlikning qayd etishicha, halok bo‘lganlar soni yana oshishi mumkin.
Yakshanba kuni Lombok orolida 6,6 magnitudali zilzila ro‘y berdi. Uning markazi Mataram shahridan 49 kilometr shimoli-sharqda, o‘n kilometr chuqurlikda joylashgan. Ofat jiddiy zarar keltirgani aytilmoqda.
Ayni paytda bir necha ming odam xavfsiz joyga evakuatsiya qilingan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, yer osti silkinishlari hatto sayyohlar uchun mashhur Bali orolida ham sezilgan.