O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning AQShga tashrifi doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi delegatsiyasi hukumat topshirig‘i asosida Kaliforniya shtatidagi "Kremniy vodiysi"da bo‘lib, bu yerda faoliyat ko‘rsatuvchi jahonning nufuzli IT-kompaniyalari bilan hamkorlik yuzasidan muzokaralar olib bordi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning AQShga tashrifi doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi delegatsiyasi hukumat topshirig‘i asosida Kaliforniya shtatidagi "Kremniy vodiysi"da bo‘lib, bu yerda faoliyat ko‘rsatuvchi jahonning nufuzli IT-kompaniyalari bilan hamkorlik yuzasidan muzokaralar olib bordi, deya xabar beriladi vazirlikning rasmiy saytida.

Xususan, HP Tech Ventures kompaniyasining global startaplari sarmoyadori hisoblangan Vitaliy Golomb bilan uchrashuvda "Kremniy vodiysi" misolida O‘zbekistonda texnoparklar eko-tuzilmasi hamda innovatsion markazlar faoliyatini tashkil qilish va qo‘llab-quvvatlash kelishib olindi. Shuningdek, O‘zbekistondagi IT-startaplar uchun investitsiyalarni jalb qilishning muvaffaqiyatli mexanizmini yo‘lga qo‘yishda hamkorlik qilish imkoniyatlari muhokama diqqat markazida bo‘ldi.

Amazon Web Services (Amazon kompaniyasining "bulutli xizmatlar" ko‘rsatuvchi infratuzilma platformasi) bosh menejeri Kamfius Bas bilan o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston hududida quyoshli panellarda ishlaydigan ma’lumotlarni qayta ishlaydigan data-markazlar qurish, shuningdek o‘zbekistonlik foydalanuvchilar uchun Amazon Web Services platformasi orqali veb-xizmatlarni ko‘rsatish masalalariga bag‘ishlandi.

Tarmoqli texnologiyalar, aholi va muassasalar uchun ilg‘or muloqot va aloqa almashish platformalarini ishlab chiqishda jahonda peshqadam hisoblangan Cisco kompaniyasining strategiya, texnologiya va innovatsiyalar bo‘yicha vitse-prezidenti Doug Vebster bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistonda "aqlli" va xavfsiz shahar yaratish strategiyasini ishlab chiqishda hamkorlik qilish belgilab olindi. Uchrashuv natijalari bo‘yicha qator yo‘nalishlar bo‘yicha istiqboldagi hamkorlikka oid kelishuv shartnomasi imzolandi.

"Kremniy vodiysi"dagi yana bir muvaffaqiyatli uchrashuvlardan biri Facebook kompaniyasining bosh qarorgohida bo‘lib o‘tdi. Kompaniyani iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha rahbari Kleyr Devi ishtirokidagi muhokamalarda Facebook vakillarining O‘zbekistondagi IT-tadbirlarida ishtirok etishi, shu bilan birga, turli yo‘nalishlarda, jumladan tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlash, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish, startaplarni amalga oshirish kabi ijtimoiy loyihalarda hamkorlik qilish rejalari muhokama qilindi.

Mazkur uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Facebook tarmog‘idagi sahifasiga rasmiy maqom berish bo‘yicha ham kelishib olindi. Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqdagi davlat xizmatchilarining sahifalarini qo‘llab-quvvatlash va ommalashtirish choralarini ko‘rish yuzasidan hamkorlik o‘rnatilishi belgilab olindi.

Shuningdek, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi delegatsiyasi "Kremniy vodiysi"dagi safari mobaynida Google kompaniyasining IT-loyihalar va startaplarni qo‘llab-quvvatlaydigan Google Launchpad dasturi mutasaddilari, jahon miqyosida muvaffaqiyatli g‘oyalarni amalga oshiruvchi biznes-inkubatori – Plug and Play Tech Center texnologik kompaniyasi, shuningdek mazkur IT-vodiysida dasturchilar tayyorlashga ixtisoslashgan " 2 School" ta’lim muassasasi asoschisi va vitse-direktori Kvame Yamgnane bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Onlayn to‘lov tarmoqlarini yaratishda yetakchi bo‘lgan Openbucks kompaniyasida kompaniya va Toshkent shahridagi Inha universiteti o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolanib, amerikalik ekspertlarning o‘zbekistonlik talabalar, dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilari bilan uchrashuvlarini tashkil qilishga mo‘ljallangan Silicon Valley Talks ("Kremniy vodiysi" kelishuvlari) loyihasi doirasida tashabbuslarni amalga oshirish kelishib olindi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kremniy vodiysidagi muzokaralar