Qarshi shahridagi bolalar va o‘smirlar sport maktabi qoshida gimnastika sport zali ish boshladi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda mamlakatimizda navqiron avlodning jismonan va ma’nan barkamol voyaga yetishi uchun ko‘rsatilayotgan doimiy g‘amxo‘rlik yoshlarning zamonaviy ta’lim-tarbiya olishi, sport bilan muntazam shug‘ullanishi, iste’dod va salohiyatini namoyon etishida yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi.

Prezidentimizning 2010-yil 5-maydagi “Bolalar sporti obyektlaridan foydalanish samaradorligini oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida qurilgan inshootning 56x28 metr o‘lchamdagi katta zali, 12x24 metr o‘lchamdagi ikkita kichik zali o‘quvchilar ixtiyoriga topshirildi.

– O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan 2003-2015-yillarda viloyatda 39 sport inshooti, 148 umumta’lim maktabi sport zali va 3 suzish havzasi barpo etildi, – deydi O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi Qashqadaryo viloyati filiali rahbari Sirojiddin Azizov. – Ularning aksariyati qishloq joylarda qad rostlagani yoshlar o‘rtasida sportning ommaviyligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Badiiy gimnastika bilan muntazam shug‘ullanuvchi qizlar safi yildan-yilga kengaymoqda. Agar 2004-yilda bunday qizlar bor-yo‘g‘i 45 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, bugungi kunda 3 ming 600 dan ortiq qiz ushbu sport turi bilan muntazam shug‘ullanmoqda. Luiza G‘aniyeva, Azizaxon Mirzayeva, Shohsanam Normo‘minova, Mubina Kamolova, Dilmira Ashurova, Sevinchbonu Omonova, Mohinur Eshpo‘latova kabi badiiy gimnastikachi qizlarimiz xalqaro turnirlarda Vatanimiz sharafini munosib himoya qilmoqda. Bunday muhtasham va zamonaviy badiiy gimnastika zalining foydalanishga topshirilishi ushbu sport turiga qiziqishni yanada oshirish va yana ko‘plab mahoratli gimnastikachi qizlar yetishib chiqishiga xizmat qiladi.

Tadbirda Qashqadaryo viloyati hokimi Z.Ro‘ziyev so‘zga chiqdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zamonaviy gimnastika zali