Poytaxtimizda dzyudo bo‘yicha Gran-pri turkumiga kiruvchi xalqaro turnir boshlandi

O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, mamlakatimiz dzyudo federatsiyasi, Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF), qator vazirlik va tashkilotlar bilan hamkorlikda to‘rtinchi bor tashkil etilayotgan musobaqada dunyoning yigirmaga yaqin davlatidan 135 sportchi o‘n to‘rt vazn toifasida sovrinli o‘rinlar uchun kurashmoqda.

Xalqaro dzyudo federatsiyasi mamlakatimizning sport salohiyati, har qanday nufuzli musobaqani tashkil etish, yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha imkoniyati va boy tajribasi, dzyudochilarimizning xalqaro maydondagi yuksak natijalarini inobatga olib, 2013-2016-yillarda Gran-pri turkumiga kiruvchi turnirlarni Toshkent shahrida o‘tkazishga qaror qilgan.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi tomonidan bu yilgi Gran-pri turnirini ham yuqori saviyada o‘tkazish, musobaqa tashkil etiladigan joyning xalqaro standartlarga mos jihozlanishini ta’minlash bo‘yicha izchil ishlar olib borildi.

“O‘zbekiston” sport majmuasida 6-oktabr kuni nufuzli musobaqaning ochilish marosimi bo‘ldi.

Bayramona bezatilgan sport majmuasi mehmonlar, sportchi va murabbiylar, muxlislar bilan gavjum. Maydonga xalqaro turnirda qatnashadigan mamlakatlar terma jamoalari kirib keladi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangraydi.

Musobaqaning ochilishida mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimov rahnamoligida yosh avlodni jismonan va ma’nan sog‘lom etib tarbiyalash, sportni rivojlantirish umummilliy harakatga aylangani alohida ta’kidlandi. Olimpiya sport turlarini yanada ommalashtirish, jahon maydonlarida Vatanimiz sharafini munosib himoya qilishga qodir iste’dodli sportchilarni tayyorlash va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalariga doimiy e’tibor qaratilmoqda.

– O‘zbekistonda sportni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar o‘zining yuksak samaralarini bermoqda, – deydi Osiyo dzyudo uyushmasi raisi Obeyd Al-Anziy. – Bu mamlakatingizda nufuzli sport anjumanlarining muntazam o‘tkazilayotgani, o‘zbekistonlik sportchilarning xalqaro sport arenalarida yuksak g‘alabalarga erishayotganida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Bu galgi turnir ham yuqori saviyada o‘tishiga ishonchim komil.

Dzyudo mamlakatimizda jadal rivojlanayotgan olimpiya sport turlaridan. O‘zbekiston dzyudochilarining Olimpiya va Osiyo o‘yinlari, jahon va qit’a chempionatlari, turli nufuzli turnirlarda muntazam sovrinli o‘rinlarga sazovor bo‘layotgani, yangi-yangi iste’dod egalarining kashf etilayotgani o‘zbek dzyudo maktabi shuhrati yanada yuksalishidan dalolatdir.

Joriy yil Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tgan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarida tajribali dzyudochilarimiz Rishod Sobirov va Diyorbek O‘rozboyevning sovrindorlar qatoridan joy olgani buning isbotidir.

Terma jamoamiz a’zolari poytaxtimizda o‘tgan avvalgi Gran-pri turnirlarida munosib ishtirok etgan. Dzyudochilarimiz 2013-yilgi musobaqada 5 oltin, 3 kumush va 5 bronza medal jamg‘arib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallagan. 2014-yilgi musobaqada 1 oltin, 2 kumush va 3 bronza, 2015-yilgi musobaqada bittadan oltin va kumush, to‘rtta bronza medalga sazovor bo‘lgan.

Bu yilgi turnirda Vatanimiz sharafini tajribali sportchilar bilan birga yosh dzyudochilar ham himoya qilmoqda.

Musobaqaning dastlabki kunida Muhriddin Tilovov shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgan bo‘lsa, Sharofiddin Lutfullayev uchinchi o‘rinni egalladi. Xotin-qizlar o‘rtasida Diyora Keldiyorova kumush, Nodira Gulova, Muqaddas Kubeyeva, Guloyim Jumaboyeva bronza medallarni qo‘lga kiritdi.

Musobaqaning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.Ikromov so‘zga chiqdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda Gran-pri turniri boshlandi