Shonli tarixga boy bu jamoa singari ko‘p muxlisga ega klubni uchratmaysiz! Millat mehrini qozongan, “Xalq jamoasi” deya e’tirof etilgan jamoa ham yo‘q!

U — “Paxtakor”! Oddiygina — “Paxtakor”!

Yarim asrdan ziyod tarixga ega yurtimizning eng bayroqdor jamoasining oltin avlodi bo‘lgan “Paxtakor-79”ning Dneprodzerijinsk osmonidagi aviahalokatiga ham 39 yil bo‘libdi.

Bilasizmi, futbol faqat yutuq va mag‘lubiyatlardan iborat emas. Unda alamli yo‘qotishlar, mudhish voqealar ham bo‘ladi. Yo‘qotish hissi senga sog‘inch tuyg‘usini in’om etadi. Har yili 11-avgust sanasi yaqinlashi bilan “Paxtakor-79” haqida yozishga tushamiz. Chunki xalq uni yaxshi ko‘rardi.

Insonlar bilan muloqot qilsangiz, futbol haqida so‘z ochsangiz, suhbat mavzusi albatta, o‘tgan asrdagi paxtakorchilarga boqib taqaladi. Bir ko‘zda yosh, boshqasida esa, quvonch hissi barq uradi. Toshkentda o‘tadigan har o‘yinida respublikaning turli hududlaridan tashrif buyuruvchi muxlislar tufayli o‘yingohida joy topilmasligi haqida so‘zlar qulog‘imizga boshqacha jaranglaydi. Ertak eshitayotgandek tasavvur qilamiz o‘zimizni. Arxivlardagi eski futbol kadrlari esa, bizga haqiqatdan so‘zlaydi. Kiyevning “Dinamo” jamoasi darvozasiga javobsiz beshta to‘p yo‘llagan, mamlakat chempioni “Spartak”ni xotirjamlik bilan mag‘lub qilganligi yodimizdan ko‘tarilgani yo‘q.

Bugun o‘sha stadion yulduzlaridan ayrilib mung‘ayib qolgandek go‘yo.. Muxlislar tashrifi sezilarli kamayib ketgan, jozibasini yo‘qotgan hozirgi “Paxtakor”ning mazmunsiz harakatlaridan jahlingiz chiqadi. Tanqid qilasiz. Ammo baribir ich-ichingizdan muxlislik qilasiz. Nega unday, bilasizmi? Bu tanqidlar, haqoratlarning zamirida o‘sha eski jamoaga bo‘lgan sog‘inch, mehr hissi yotadi.

49cefbb5-2534-4128-9ca0-c03edfb70058.jpg

— O‘sha payt, ya’ni aviahalokat ro‘y berganida aynan Dneprodzerijinsk shahrida harbiy xizmatni o‘tayotgandim, — deydi faxriy futbol ishqibozi sirdaryolik Sattorqul Mamadiyev. — Kunduzi soat uchlar atrofida harbiy bo‘linma komandiri askarlarga zudlik bilan bir joyga borishimizni aytdi. Yuk mashinamiz quyuq o‘rmon ichiga kirib ketdi. Biroz o‘tib yalanglikka chiqdik. Ko‘z oldimda samolyot qoldiqlari sochilib yotardi. Bizga buyumlarni yig‘ishtirishimizni aytildi. O‘sha paytda ham bu qanday samolyot, undagi odamlar kim deb so‘rash xayolimizga kelmagan. Nogahon “Paxtakor” yozuvli sumkani ko‘rganimda esa yuragim to‘xtab qolgandek bo‘ldi.

Samoga sochilgan o‘n yetti paxtakorchi qalblarda mangu yashaydi. Har yili 11-avgust kuni eski muxlislarning qalb yarasi tirnaladi. Biz, yosh avlod esa, bu sog‘inch, alam, iztirob nima ekanini tushunmaymiz. O‘n yetti paxtakorchining mangu orom topgan manzili tomon gul ko‘tarib borayotgan odamlar oqimiga hayrat ila nazar tashlab turaveramiz.

Yillar o‘tadi, ammo bu jamoa unutilmaydi. Chunki unutishga haqqimiz ham yo‘q! O‘zbek futboli deganda “Paxtakor-79” va uning shonli o‘yini haqidagi afsonalar ko‘z oldimizda gavdalanaveradi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samoga sochilgan yulduzlar