Argentinani mag‘lubiyatga uchratgan Xorvatiya mazkur guruhdan chiqish vazifasini birinchi bo‘lib uddalay oldi.

“D“ guruhi, 2-tur. 22 iyun

Argentinani mag‘lubiyatga uchratgan Xorvatiya mazkur guruhdan chiqish vazifasini birinchi bo‘lib uddalay oldi. Birinchi turdan keyin eng yomon ko‘rsatkichga ega bo‘lib turgan Afrika qit’asi vakillari Nigeriya esa kechagi o‘yinlaridan keyin guruhdagi ikkinchi yo‘llanma uchun intrigani qaytardi.

Islandlar o‘yinni ko‘ngildagidek boshlashdi, axir bular kimsan Messidek yulduzi borArgentinadan ochko tortib olgan jamoa. Nigeriya esa boshida faqat libosi bilan ajralib turdi. Umuman, birinchi bo‘limda nigeriyaliklarning o‘yini qovushmadi.

Lekin ikkinchi bo‘lim kutilmaganda aynan nigeriyaliklarning goli bilan boshlandi. 49-daqiqadaAhmad Mussa hisobni ochdi. Viktor Mozes tomonidan yetkazib berilgan to‘pni chiroyli tarzda to‘xtatib olgan Musa chiroyli gol muallifiga aylandi. Vaholanki, bu Nigeriyaning o‘yindagi birinchi zarbasi edi. Birozdan so‘ng Musa bilan bog‘liq ikkinchi voqea sodir bo‘ldi. U bexostan Ragnar Sigurdssonning boshini tepib o‘tib ketdi. Ragnarga 3 daqiqadan ko‘proq vaqt davomida tibbiy yordam ko‘rsatildi. Island qon tekkan libosini ham almashtirishga majbur bo‘ldi. Ragnar baribir ko‘p harakat qila olmadi, o‘rnini Sverrir Ingasonga bo‘shatib berdi.

Bugun Musaga atalgan kun ekan. Jamoadoshlarining ikkinchi goliga ham aynan Musa mualliflik qildi. Avvaliga raqib darvozasi tomonchiroyli va kuchli zarba berdi, bir daqiqa o‘tar-o‘tmas Kari Arnasondan qochib ketdi, keyin darvozabonni ham aldab o‘tib, bo‘sh darvoza to‘rini nishonga oldi.

Bu uchrashuvda ham VAR tizimiga murojaat qilishga to‘g‘ri keldi.Bosh hakam Met Konger penalti bo‘lishi ehtimoli bilan VAR ni kuzatdi. Penalti. Biroq Islandiyaning haqiqiy yulduzi Gilfi Sigurdsson bunday lotoreyadanfoydalana olmadi, to‘p yuqorilab ketdi.

Argentinadan ochko tortib olgan Islandiya Nigeriya oldida ojiz qoldi.

NIGЕRIYA - ISLANDIYA - 2:0. “Volgograd Arena“ stadioni.

Bosh hakam: Metyu Konger (AQSH).

Nigeriya: Frensis Uzoxo, Uilyam Ekong, Brayan Idovu (Tiron Ebuyexi, 46), Leon Balogun, Oniniye Ndidi, Ogenekaro Etebo (Aleks Ivobi, 90), Jon Obi Mikel, Viktor Mozes, Ahmed Musa, Kelechi Ixeanacho (Odion Igalo, 85), Kennet Omeruo.

Islandiya: Xannes Xalldorsson, Ragnar Sigurdsson (Sverrir Ingason, 64), Xyordur Magnusson, Birkir Sevarsson, Kari Arnason, Aron Gunnarsson (Ari Skulasson, 87), Gilfi Sigurdsson, Rurik Gislason, Birkir Byarnason, Alfred Finnbogason, Yon Bodvarsson (Borm Bergmann Sigurdsson, 71).

Gollar: A.Musa (49, 75).

Amalga oshirilmagan penalti: G.Sigurdsson (83).

Ogohlantirish: B.Idovu (44).

Eng asosiysi pley-offga chiqish endilikda barcha jamoalarning o‘z qo‘llarida. So‘nggi turga qaysi jamoa puxta tayyorgarlik ko‘rsa, o‘zini har tomonlama tayyorlay olsa maqsadiga erishadi.

1.Xorvatiya22005-06

2.Nigeriya21012-23

3.Islandiya20111-31

4.Argentina20111-41

SO‘NGGI DAQIQALAR QADRI

“E“ guruhi, 2-tur. 22 iyun.

Aslida favorit sanalgan jamoalarning Rossiya Federatsiyasidagi mundialda bu darajada qiynalishi kutilmagan hol. Pentakampionlar kompensatsiya vaqtidagina shimolliklardan ustun keladi, deyishsa ko‘pchilik ishonmasdi. Barchaning diqqat e’tiborini o‘zida ushlab turgan Neymar emas, “Barselona”ning yangi yetakchisi Koutino ikkinchi o‘yindirki Braziliyaning joniga oro kiryapti.

Birinchi bo‘limning yarmiga qadar Kosta-rikaliklarning tashabbusi sezilib turdi, ikkinchi yarmida esa braziliyaliklar “uyg‘ongandek” bo‘lishdi. Lekin xavfli vaziyatlar har ikkala tomondan ham takrorlanib turdi. Raqiblar Neymarga bu gal ham o‘yin berishmadi, qo‘polliklari bilan uni shashtidan tushirishga ko‘p urinishdi. Aksariyat hollarda bosh hakam bu kabi qo‘polliklarni inobatga olavermadi.

Ikkinchi bo‘limda har qalay o‘yin shashti ko‘tarildi. Kost-rikaliklarning ikki-uch vaziyatini inobatga olmasa xavfli jarayonlar asosan braziliyaliklar tomonidan sodir bo‘laverdi. Lekin ko‘p hollarda mehmonlar himoyachilari qahramonlik ko‘rsatishdi, aksariyatida esa Neymar va boshqalar zarbalariga aniqlik yetishmadi. Bir gal Neymar raqib jarima maydoni chida yiqildi. Bosh hakam penalti belgiladi. Yana VAR tizimiga murojaat etildi. Qoyil, penalti bekor qilindi. Neymarning “artistlik” sahnasi fosh bo‘ldi.

Uchrashuvning asosiy vaqtida hisob ochilmadi. Qo‘shib berilgan vaqtning birinchisida nihoyat braziliyaliklar murodlariga yetishdi. Koutinoning zarbasi Navasning oyoqlari orasidan o‘tib, darvoza to‘riga tushdi. Hali oldinda yana besh daqiqa bor edi, Kosta-rikaliklarda aniq maqsad bo‘lganida hisobni tenglashtirishga urinib ko‘rardi, lekin ular bunday qilmadi, o‘yin tizginini butkul qo‘ldan chiqarishdi. Braziliyaliklar maydonda go‘yoki mashg‘ulot o‘tkazayotgandek edi. “Mashg‘ulotlarning” so‘nggi daqiqasi ham gol bilan tugadi. Neymar darvozani nishonga oldi va xursandchilikdan ko‘z yoshlarini tiya olmadi.

BRAZILIYA - KOSTA-RIKA - 2:0. “Yangi Zenit” stadioni.

Bosh hakam: Byorn Kuipers (Gollandiya).

Braziliya: Alisson Bekker, Tyago Silva, Joao Miranda, Marselo, Fagner, Kasemiro, Filippe Koutino, Paulino (Roberto Firmino, 68), Villian (Duglas Kosta, 46), Gabriel Jezus (Fernandino, 90+3), Neymar.

Kosta-Rika: Keylor Navas, Jonni Akosta, Jankarlo Gonsales, Oskar Duarte, Brayan Oviyedo, Kristian Gamboa (Fransisko Kalvo, 75), Kelso Borges, Brayan Ruis, David Guzman (Yeltsin Texeda, 83), Yoxan Venegas, Markos Urenya (Kristian Bolanos, 54).

Gollar: Koutino (90), Neymar (90+6).

Ogohlantirish: Neymar (81), Koutino (81) - Jonni Akosta (84).

“YUGURGANNIKI EMAS, BUYURGANNIKI BO‘LDI”

“Charm to‘p sehrgarlari”dan ochko tortib olgan shveysariyaliklar bu turda ham o‘yin to‘qson daqiqa davom etishi borasida Serbiyaga saboq berdi. Birinchi bo‘limni boy bergan “rossokrosiati” amalda pley-off masalasini hal etdi.

Uchrashuv boshlanib, jamoalar hali bir-irlarini o‘rganib ulgurmasidanoq serblar hisobni ochishdi. Aleksandr Mitrovich ikkinchi urinishda to‘pni boshi bilan urib, darvoza to‘riga tushira oldi. Tezkor gol qiziqarli o‘yinga ishoradek edi go‘yo. Birinchi bo‘limda shveysariyaliklar hujumga zo‘r berishdi, ammo maydonda baribir Mladen Krstayich shogirdlarining ustunligi sezilib turdi.

Ikkinchi bo‘lim esa shvedlarning omadi bilan boshlandi. 52- Granit Jaka ajoyib golga sazovor bo‘ldi - to‘pni to‘xtatmasdan Stoykovich darvozasiga “sanchib qo‘ydi“.

Uchrashuvning so‘nggi daqiqasi yana shvedlarning goliga guvoh bo‘ldi. Bunda Jerdan Shakira o‘zini ko‘rsatdi...

SЕRBIYA - SHVЕYSARIYA - 1:2. “Kaliningrad stedium“ stadioni.

Bosh hakam: Feliks Brix (Germaniya)

Serbiya: Vladimir Stoykovich, Dushko Toshich, Branislav Ivanovich, Aleksandr Kolarov, Nikola Milenkovich, Dushan Tadich, Luka Milivoyevich (Nemanya Radonich, 81), Sergey Milinkovich-Savich, Nemanya Matich, Filipp Kostich (Adam Lyayich, 64), Aleksandr Mitrovich.

Shveysariya: Yan Zommer, Stefan Lixtshtayner, Manuel Akanji, Rikardo Rodriges, Fabian Shar, Granit Jaka, Valon Bexrami, Stiven Suber (Yosip Drmich, 90), Blerim Jemaili (Brel Embolo, 73), Jerdan Shakiri, Xaris Seferovich (Mario Gavranovich, 46).

Gollar: A.Mitrovich (5) - G.Jaka (52), J.Shakiri (90).

Ogohlantirishlar: S.Milinkovich-Savich (33), L.Milivoyevich (39), N.Matich (45+2), A.Mitrovich (88) - J.Shakiri (90).

1.Braziliya21103-14

2.Shveysariya21103-24

3.Serbiya21012-23

4.Kosta-Rika20020-30

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mundial kundaligi: Musaga atalgan kun