Kikboksing bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari AQShda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida bittadan oltin va bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Toshkent xalqaro aeroportida sportchilarimizni O‘zbekiston havaskor va professional kikboksing assotsiatsiyasi vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari kutib oldi.

Mamlakatimizda sportni rivojlantirishga qaratilayotgan doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik samarasida yosh avlod har tomonlama sog‘lom va barkamol insonlar bo‘lib voyaga yetmoqda. Ular sport bilan muntazam shug‘ullanib, xalqaro maydonlarda mamlakatimiz shon-shuhratini yanada oshirmoqda.

O‘ttizdan ziyod davlatdan eng kuchli sportchilar ishtirokida o‘tgan jahon chempionatida Ahmat Alimbekov vazni 86 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar bellashuvida barcha raqibini mag‘lubiyatga uchratib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. 75 kilogrammgacha sportchilar bahsida Fazliddin Vahobov bronza medal bilan taqdirlandi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kikboksingchilarimiz bittadan oltin va bronza medalga sazovor bo‘ldi