Dmitriy Shokin yana bir oltin medal sohibi
Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida taekvondo (WTF) bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro turnirda hamyurtimiz Dmitriy Shokin oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida taekvondo (WTF) bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro turnirda hamyurtimiz Dmitriy Shokin oltin medalni qo‘lga kiritdi.Xalqaro turnirda reytingda eng ko‘p ochko jamg‘argan 8 taekvondochi bilan birgalikda mezbon sportchilar ham bahslashdi.
87 kilogrammdan og‘ir bo‘lgan taekvondochilar o‘rtasida amaldagi jahon chempioni Dmitriy Shokin chorak finalda braziliyalik Migel Soaresni 3:0, yarim finalda eronlik Omid Amidiyni 5:0 hisobida yengib, finalga yo‘l oldi. Finalda D.Shokin AQSh vakili Jonatan Xeli ustidan 4:3 hisobida g‘alaba qozondi.