Poytaxtimizda boks bo‘yicha Osiyo chempionati davom etmoqda.

"O‘zbekiston" sport majmuasida bo‘lib o‘tayotgan musobaqaning dastlabki kungi kechki bahslarida Hasanboy Do‘stmatov, Isroil Madrimov va Sanjar Tursunov chorak final yo‘llanmasini hal qilgan edi.

2-may kuni 60 kilogramm vazn toifasida bellashgan terma jamoamiz a’zosi Elnur Abduraimov filippinlik Jeyms Palistni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi. Mazkur jangdan so‘ng ringga 69 kilogramm vazn toifasida tajribali bokschimiz Shahram G‘iyosov ko‘tarildi. U iordaniyalik raqibi Ziyad Eashashga hech qanday imkoniyat qoldirmay, chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Musobaqada 81 kilogramm vazn toifasida ishtirok etayotgan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarining kumush medali sohibi Bektemir Meliqo‘ziyev eronlik Amin Zyadi bilan kuch sinashdi va bahsning birinchi raundidayoq g‘alaba qozondi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bokschilarimizning shashti baland