Qozog‘iston poytaxti Astanada o‘tayotgan boks bo‘yicha xalqaro “Prezident Kubogi”da uch nafar bokschimiz oltin medal uchun kurashadigan bo‘ldi.

Musobaqaning yarim final bahslarida yetti nafar hamyurtimiz jang olib borishdi. 

56 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Shahobiddin Zoirov musobaqa mezboni, Jahon chempioni Qayrat Yeraliyevga qarshi jang qildi. Garchi Shahobiddin butun jang davomida tashabbusni qo‘ldan chiqarmagan bo‘lsa-da, hakamlar yutuqni ring egalariga berib yuborishdi.

60 kg.lilar bahsida omad hamyurtimizga kulib boqdi. Shunqor Abdurasulov final yo‘llanmasi uchun mezbonlardan yana biri Zakir Safiullinga qarshi harakat qildi va yakunda g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi. Endi Shunqor musobaqaning hal qiluvchi jangida rossiyalik Gabil Mamedovga qarshi ringga chiqadi.

-64kg vazn toifasidagi bahslarida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Iqboljon Xoldorov yarim final jangida tailandlik Vuttichaiga qarshi ringga ko‘tarilib, raqibini mag‘lubiyatga uchratdi va finalga chiqdi. Endi u hal qiluvchi bahsda qozog‘istonlik Bekdaulet Ibragimovga qarshi jang qiladi. Bekdaulet yarim finalda hamyurtimiz Aliyor Noraliyevni yengib, finalga ravona bo‘lgandi.

- 69 kg. vaznlilar o‘rtasida jang olib borgan Mahmud G‘oipov Qozog‘iston vakili A.Jusupovga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

-75 kg vazn toifasidagi bahslarida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Isroil Madrimov qozog‘istonlik Abilxon Amankul bilan bahs yuritdi. Hakamlar Shahobiddin kabi bu gal ham ochiqdan-ochiq mezbonlarga yon bosdi. Vaholanki, Isroil uch raundli jangning ikkitasini o‘zining foydasiga hal etgandi, buning ustiga ikkinchi raundda hakam Amankuldan bir ochkoni olib tashlagandi ham. Bir so‘z bilan aytganda, hakamlar Isroildan g‘alabani tortib olishdi. Isroil ham Shahobiddin kabi turnirning bronza medali bilan kifoyalandi.

Turnirning -81 kg vazn toifasidagi janglarini ko‘tarinki ruhda o‘tkazayotgan Bektemir Meliqo‘ziyev qozog‘istonlik Nurdauletovga qarshi jang o‘tkazdi va g‘alaba qozondi. Bektemirning finaldagi raqibi mezbon Bek Nurmaganbet bo‘ladi.
Final bahslarining erkaklar o‘rtasidagi janglarida eng ko‘pchilikni mezbonlar tashkil etishmoqda – 12 nafar. Ikkinchi o‘rinda O‘zbekiston va rossiyaliklar – uch nafardan, shuningdek, Filippin va AQSH terma jamoalarining bir nafardan vakillari ham bosh sovrin uchun kurashish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Finalning ayollar o‘rtasidagi janglarida to‘rt nafar qozog‘istonliklar, ikki nafar yaponiyalik va bir nafardan Tailand hamda shvetsiyalik sportchilar ringga chiqishadi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
BOKS: Uch nafar sportchimiz oltin medal uchun kurashni davom ettirishadi, to‘rt nafari esa bronza medali sohiblari