Talabalarning mustaqil taʼlim olish masalasi eng ogʻriqli nuqtalardan biri hisoblanadi.

Jurnalist Dilshod Karimovning 2020-yil 5-iyulda Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi saytida eʼlon qilingan Samarqand Davlat universiteti rektori, professor R.I.Xolmurodov bilan “Oʻzbekistonda ilm-fanning yangi renessans davri boshlanmoqda” nomli suhbatini oʻqib, biz – Samarqand Davlat universitetida faoliyat olib borayotgan professor-oʻqituvchilarning qalbi faxru gʻururbaxsh hislar bilan chulgʻandi.

Bu xursandchiligimizning boisi shuki, jahon tamadduniga oʻzlarining beqiyos ulkan hissalarini qoʻshgan, gazetada nomlari zikr etilgan buyuk ajdodlarimiz, ilm-fan, aql-tafakkur, maʼnaviyat-maʼrifat bobida qanday qilib bunday oliy darajalarga erishgan, ular qayerda oʻqigan, kimlardan taʼlim-tarbiya olgan degan savollarga javob topish asrlar davomida yurtimiz ziyolilarining asriy orzulari boʻlib kelayotgan edi. Nihoyat bu savol oʻz yechimini topdi desak, hech qanday mubolagʻa boʻlmaydi. Xaqiqatan ham Vatanimiz hududidan yetishib chiqqan buyuk allomalar oʻzlarining bunday oliy maqsadlariga mamlakatimizda faoliyat yuritgan minglab madrasalarda olgan taʼlim-tarbiyalari orqali erishganliklariga hech qanday shubha qoldirmaydi.

Bizlar faoliyat olib borayotgan Mirzo Ulugʻbek madrasai oliyasining vorisi boʻlgan Samarkand Davlat universitetida tahsil olib, oʻz ilmiy-pedagogik faoliyatimizni shu oliy taʼlim muassasasida boshlab, hozir ham shu yerda ishlayotganimizdan nihoyatda mamnunmiz.

Bizning sevikli universitetimiz faoliyati davomida Vatanimizga, qolaversa butun Markaziy Osiyo mamlakatlariga necha minglab oliy maʼlumotli malakali mutaxassislar yetkazib bergan. Jumladan, bizlar bilgan 1956-2020-yillar davomida fizika-matematika fakultetini tugatib, ilmning yuqori chuqqilariga erishgan matematika mutaxassisligi buyicha 4 nafar akademik (T.Shirinqulov, I.S.Kukles, S.Laqayev, M.Sattorov), fizika mutaxassisligi buyicha ham 10 ga yaqin akademiklar (U.Oripov, A.K.Otaxoʻjayev, Sh.A.Vohidov, N.Y.Toʻrayev, T.M.Moʻminov, M.X.Ashurov), 100 ga yaqin fizika-matematika fanlari doktorlari, professorlar, 200 dan ortiq fan nomzodlari, dotsentlar yetishib, mamlakatimizning turli viloyatlarida turli lavozimlarda faoliyat koʻrsatib kelmoqdalar. Bulardan tashqari, Samarqand Davlat universitetining fizika-matematika fakultetini tugatib, oʻz ish faoliyatini qoʻshni Tojikiston Respublikasida davom ettirib, akademik darajasiga erishgan A.Adhamov, B.Narzullayev, M.Sattarovlarni ham esga olish lozim.

Keyingi uch-toʻrt yil ichida Prezidentimizning bir qator qarorlari asosida mamlakatimizda yoshlar taʼlim-tarbiyasiga eʼtibor yana-da kuchaytirildi. Shu jumladan, Samarqand Davlat universitetida ham taʼlim-tarbiya, oʻquv-uslubiy, ilmiy ishlar tubdan yaxshilandi, professor- oʻqituvchilarni moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish, taʼlimning sifati va samaradorligini oshirishga eʼtibor qaratildi, talabalarning oʻquv adabiyotlari bilan mustaqil ishlashlariga sezilarli darajada eʼtibor kuchaytirildi, natijada universitetda ish unumi ortib, ilmiy salohiyat koʻtarildi. Bu amalga oshirilgan ishlarni universitetning ilmiy salohiyatini oshirish uchun belgilangan strategik chora-tadbirlar desak toʻgʻri boʻladi. Universitet rektori, professor R.I.Xolmurodovning tashabbusi bilan qisqa vaqt oraligʻida taʼlimga yoʻnaltirilgan yuzdan ortiq darsliklar, oʻquv qoʻllanmalar yaratildi. Yangi tuzilgan namunaviy oʻquv dasturlari asosida oʻquv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish professor oʻqituvchilar oldiga qoʻyilgan muhim talablardan biri hisoblanadi. Qisqa vaqt ichida koʻpgina fanlardan shunday oʻquv adabiyotlari yaratilib, universitet qoshida tashkil etilgan zamonaviy nashriyotda chop qilinishining tashkil etilganligi bu borada olib borilayotgan ishlarning mahsuldorligidan dalolatdir.

Talabalarning mustaqil taʼlim olish masalasi eng ogʻriqli nuqtalardan biri hisoblanadi. Vaholanki, hozirgi kunda talabalar bilim olishlarida umumiy oʻquv yuklamaning qariyb 50-60 foizi mustaqil taʼlimga ajratilgan. Talaba maʼruzalarni tinglab, amaliy, seminar mashgʻulotlarini dars davomida bajarib, oʻz bilimi ustida mustaqil ishlab, taʼlim olmas ekan, olgan bilimlarini mustahkamlamas ekan, uning bilimi biz istagandek chuqur boʻlmaydi, yuzakiligicha, sayozligicha qolaverdi. Shuning uchun talabalarning mustaqil taʼlim olishini tashkillashtirish, nazarot qilish va baholash tizimini yana-da takomillashtirish lozim. Balki buning uchun talabalar maʼlum fandan toʻplashi lozim boʻlgan 100 ballning 20 foizini faqat mustaqil taʼlim orqali olishini hisobga olishi mumkin boʻlar.

Fizika fakultetida oʻqiyotgan talabalarning haqiqiy mutaxassis boʻlib yetishuvida oʻquv laboratoriya mashgʻulotlarning ahamiyati nihoyatda katta. Fakultet oʻquv korpusi 2016-yilda kapital taʼmirlangandan keyin Germaniyadan keltirilgan oʻquv laboratoriya jihozlari ahvolni ancha yaxshilashga olib keldi. Ammo haqiqiy fizik-eksperimentatorlar yetishib chiqish uchun oʻquv laboratoriyalarining oʻzigina yetarli emas. Ilmiy laboratoriyalar ham boʻlishi lozim. Fizika fakultetining ilmiy laboratoriyalaridagi asbob-uskunalar oʻtgan asrning 50-90 yillarida olingan boʻlib, ham maʼnan, ham jismonan eskirgan. Shu munosabat bilan kelajakda fizika fakultetining oʻquv ilmiy laboratoriyalarini zamonaviy talab darajasiga olib kelish uchun alohida ilmiy oʻquv korpusi qurilishini niyat qilamiz.

Shuni katta ishonch bilan aytish mumkinki, Samarqand Davlat universiteti fizika va matematika fakultetlari ilmiy jamoasi, professor-oʻqituvchilari, universitetimiz rahbari Rustam Ibragimovich Xolmurodovning tashabbuslarini yakdillik bilan qoʻllab-quvvatlab, chuqur minnatdorlik izhor etadi, universitetimizning buyuk astronom Mirzo Ulugʻbek madrasayi oliyasining haqiqiy vorisi sifatida dunyoga mashhur oliy taʼlim muassasalari safidan muqim oʻrin olishi uchun bor kuch-gʻayrati, bilim-tajribalarini sarflaydi.

A.Gʻoziyev , Samarqand Davlat

universiteti professori.

Oʻ.Joʻrayev, f.m.f.n, dotsent .

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Universitet nufuzining oshirilishi – davr talabi