Kulgili paradoksni qarang: soʻnggi paytlarda “Milliy tiklanish” partiyasi tomonidan turli OAVlarda eʼlon qilinayotgan maqolayu munosabatlar bilan tanishgach, negadir “siyosiy jazava” degan tushunchaning koʻp ishlatilayotganiga guvoh boʻlyapmiz.

yoxud “Milliy tiklanish”ning kulgili, ajabtovur chiqishlariga muxtasargina javob

Kulgili paradoksni qarang: soʻnggi paytlarda “Milliy tiklanish” partiyasi tomonidan turli OAVlarda eʼlon qilinayotgan maqolayu munosabatlar bilan tanishgach, negadir “siyosiy jazava” degan tushunchaning koʻp ishlatilayotganiga guvoh boʻlyapmiz. MTDP Markaziy kengashi Axborot xizmati bosh mutaxassisi Behzod Toʻrayev imzosi zikr etilgan maqolada ham “siyosiy jazava” soʻzi bir necha marta takrorlangan. Shu vaqtgacha ular bu tushuncha ostida nimani nazarda tutishayotganiga hayron boʻlayotgandik, maqolani oʻqib siyosiy jazavaga tushish qanaqa boʻlishini MTDPdagilar oʻz misolida koʻrsatib berganiga guvoh boʻldik. Uni oʻqib bir narsaga guvoh boʻldikki, har doimgidek ushbu maqolada ham huquqiy va siyosiy bilimlarning yetishmasligi yaqqol koʻzga tashlanadi. Va... mana shu savodsizlikni koʻz-koʻz qilishdan boshqa boshqa maqolada hech vaqo yoʻq. Unda nimaga javob yozyapsizlar degan savol tugʻilishi tabiiy.

Ming afsuski, MTDP nomidan omma eʼtiboriga havola qilinayotgan sayoz, saviyasiz maqolalar, partiya vakillarining chiqishlari ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilmoqda. Eng yomoni, ularning deyarli eʼtiborsiz qoldirilishi aholi oʻrtasida qonun normalarini, qolaversa, ayrim siyosiy jarayonlarni notoʻgʻri talqin qilinishiga olib kelmoqda. Masalan, MTDP ayrim rahbarlarining intervyulari hamda viloyatlardagi chiqishlarida qonunlarni bilmaslik oqibatida tez-tez qaytarilayotgan “OʻzLiDeP hukumatni shakllantirgan partiya” degan gaplari jamoatchilikda “Ha, bizda hukumatni saylovlarda koʻp ovozni qoʻlga kiritgan partiya shakllantirar ekan-da” degan notoʻgʻri fikr shakllanishiga sabab boʻlmasligiga kafolat bormi? Bunday deyayotganimizning boisi, bir partiya liderining bilib-bilmay aytgan fikrlarini eshitgan ayrim jurnalistlar ham oʻylab-netib oʻtirmay, bu gaplarni qaytaradigan boʻlib qolishdi. MTDPdan chiqqan “qonunlar va jahon siyosatining bilagʻonlari” esa toʻxtamasdan yangidan yangi “siyosiy va huquqiy ijodkorlik namunalarini” namoyon etishmoqdaki, ularga oʻz vaqtida keskin javob berilmasa, yaqinda mamlakatimiz qonunchiligida barchani chalgʻituvchi oʻzgacha bir talqinni yuzaga keltirib chiqarish ham hech gap emas.

Endi bevosita B.Toʻrayev qalamiga mansub maqolaga toʻxtalamiz. Unga koʻra, tashqi mehnat migratsiyasining bu darajada oʻsishiga asosiy sabab, nima emish, Mehnat vazirligining yomon ishlagani! Evrika!!! Butun iqtisodiy farovonligimiz kaliti bitta Mehnat vazirligi qoʻlida ekanu, biz bilmay yurgan ekanmiz! MTDPchilar yana bir masalada “haq”. Rostdan ham bunday muammolarga yechim topish uchun yillab ustida ishlanayotgan qonun loyihasi nimaga kerak, hatto OʻzLiDeP tashabbusi bilan qabul qilingan, MTDPchilar bilib bilmaslikka olgan mamlakat rahbarining farmonichi, Vazirlar Mahkamasining tegishli xujjatlari-chi? Ularga quloq tutsak, bu hujjatlarning hech biri kerak emas. Faqatgina Novosibirskka uch kunga borib, mehnat migrantlarimiz fonida partiyaning oq sharfini yelkaga tashlab suratga tushib kelinsa boʻldi ekan.

Shu oʻrinda bir taklif bor. MTDPda piar boʻyicha masʼullarni uch baravarga oshirish va ularni Rossiya Federatsiyasidagi boshqa hududlarga zudlik bilan joʻnatish kerak. Vaholanki, muammoni “uch baravarga tushirish” yoʻlini topishlariga RFga borib kelishgani turtki bergan boʻlsa, tasavvur qiling, bunaqalardan uchtasi borsa, u yoqda migrantlar masalasida muammo umuman qolmasligi aniq. Qoyilmisiz? MTDP piarchilari oldida mashhur koʻzboylogʻich Kopperfild ham xijolat tortib qolardi. Ularda imkon boʻlib qolsa oʻsha kunning oʻzida Mehnat vazirligini Vazirlar Mahkamasi deb nomlab, barcha iqtisodiy vazirliklarning tepasiga esa piarchilarni oʻtqazib qoʻyishdan qaytishmaydi-yov.

Maqolada bunday oʻziga xos talqinlarni koʻplab topsa boʻladi. Xususan, OʻzLiDeP delegatsiyasining “...uyalmasdan “Yedinaya Rossiya” partiyasining bir tumandagi boʻlimi bilan suratga tushib kelgani” xususidagi gaplari yuqorida aytilgan MTDPchilarda huquqiy va siyosiy savodxonlik darajasi haminqadar ekanligi borasidagi fikrimizga yana bir dalil boʻla oladi. Ular ham Rossiyaga borishgan boʻlsa, nahotki boshqa bir davlatga borishdan avval bu davlatdagi siyosiy partiyalar, hech boʻlmasa yetakchi partiyaning rahbarlari kimligi bilan qiziqishmagan boʻlsa!? Ha-ya, MTDPchilarning maqsadi u yerda kim bilandir uchrashib, biror muammoni hal qilish emas, balki bir koʻrinib, oʻzlarini koʻz-koʻz qilish edi chogʻi. Shuning uchun hatto qanday partiyalar bor-u, ularning tepasida kimlar turibdi degan masala bilan qiziqishmaganam. Natijada maqolada keltirilgan bunday tumtaroq kesatiqlar bilan bir partiyani obroʻsizlantiramiz deb, aslida oʻzlarining siyosiy jihatdan savodsizliklarini koʻrsatib qoʻyayotganlarini tushunishmayapti hatto.

Shu oʻrinda maqola muallifiga maslahatimiz. Partiya markaziy apparatining axborot xizmatida ishlar ekansiz. Mayli, OʻzLiDeP sayti yoqmas ekan, “Yedinaya Rossiya” saytiga birrov kirganingizda olam guliston edi-ku. Yo sizlarning axborot xizmatlaringizda maʼlumotlarni tekshirib koʻrish amaliyoti yoʻqmi?

Chet ellik hamkorlarini “Yedinaya Rossiya” partiyasi raisi Dmitriy Medvedev qay darajada qabul qiladi-yu, partiya Bosh kengashi rahbariyati qanday yoʻl tutishi tartib-taomillari toʻgʻrisidaku umuman toʻxtalib oʻtirmasak ham boʻladi. Oʻzbekiston qonunchiligi-yu, oddiy siyosatshunoslik asoslarida shuncha qoqilib, xol qoʻyayotgan MTDPchilarning diplomatik protokol tushunchasidan mutlaqo xabari yoʻqligi hech kimni ajablantirmasa kerak. Aks holda RF Bosh vaziri D.Medvedev kimlarni qabul qilganligi haqida alahsirabmi, bosinqirabmi telba teskari narsalarni yozib oʻtirishmasdi. Lekin OʻzLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari va “Yedinaya Rossiya” partiyasi Bosh kengashi Kotibining xalqaro aloqalar boʻyicha oʻrinbosari oʻrtasida “Yedinaya Rossiya” Bosh kengashining yangi ishga tushgan markaziy ofisida boʻlib oʻtgan uchrashuv va imzolangan bitim xalqaro diplomatik protokol talablariga mos ravishda amalga oshirildi. Bitim ikki partiya vakillarining oʻz parlamentidagi deputatlari ishtirokida tuzilganligi ham alohida ahamiyat kasb etishi MTDPchilarning tasavvuriga ham sigʻmasligi ayon .

Ha, aytgancha yana bir narsani eslatib qoʻyaylik: OʻzLiDePda kotiblar instituti yoʻq, barcha darajada rais va rais oʻrinbosarlari instituti ishlaydi. Lekin MTDPdagilar oʻzlariga yoqsa kotiblar tizimini oʻzlarida joriy qilsa boʻlaveradi. Masalan, partiyaning 1-kotibchasi, 2-kotibchasi va hokazo. Ayniqsa keyingi vaqtlarda MTDP rahbarlarida yaqqol namoyon boʻlayotgan “narsissizm” yaʼni oʻz-oʻziga maxliyolik kasaliga mubtalo boʻlganlarga bunday nomlanish juda mos tushadi. Qolaversa, “kotibcha” soʻzi MTDPning nou-xausi, oʻzlariga juda yarashadi va hech kim ertaga ularni plagiatda ayblamaydi.

Endi partiya vakillarining “...xonlik davrida beklarning zarbof toʻn koʻtarib, qulluqqa borgani” toʻgʻrisidagi gaplarini koʻrib, zamonaviy partiyalarning xalqaro darajadagi uchrashuvni MTDPchilar oʻzlarining tilida talqin qilishga harakat qilgan boʻlsa kerak deb oʻyladik. Lekin bu talqin xuddi “Ivan Vasilyevich kasbini oʻzgartiradi” filmidagi XX asrga tushib qolgan shoh Ioanning voqealarni oʻzicha qilgan talqiniga oʻxshab tuyuldi. Aslida zamonaviy tilda bir partiya vakillarining ikkinchi bir davlat siyosiy partiyasi vakillari taklifiga koʻra tashrif bilan borishi, uchrashuvlar oʻtkazishi, ayrim masalalarni birgalikda hal qilishga intilishi “partiyaviy diplomatiya” deyiladi. “Diplomatik protokol”, “partiyaviy diplomatiya”... Hurmatli MTDPchilar! Qarang, bir maqola bahonasida nafaqat qonunchilikdagi oʻzingiz tushunmayotgan ayrim jihatlarga aniqlik kiritib olyapsiz, balki siyosatshunoslikka oid qancha yangi narsalarni oʻzlashtirib olish imkoniga ega boʻldingiz. Afsus, koʻp yillar davomida biz partiya diplomatiyasi yoʻnalishi imkoniyatlaridan foydalanmaganimiz va OʻzLiDeP aslida Oʻzbekistonda birinchi boʻlib bu borada ishlarni boshlab berdi.

Partiyaviy diplomatiya toʻgʻrisidagi fikrlarimizning davomi sifatida MTDPchilarning boshqa davlatda yashayotgan yurtdoshlarimizning muammolarini hal qilishda “Rossiya rasmiy idoralarining jiddiy qarshiligiga qaramasdan” harakat qilayotganliklariga ham bir nazar tashlab oʻtmoqchi edik. Xoʻsh, bu yoʻl bilan bir marta kerak joyga kirarsizlar, birorta uchrashuv qilarsizlar. Nahotki XXI asrda bunday muammolarni tizimli hal qilishning boshqa yoʻllari oʻylab topilganligini bilmasangizlar. Bu usullar yuqorida eslatib oʻtilgan partiya diplomatiyasi doirasida yotadi va hech qanday “qattiq qarshiliklar” bilan bir birini qiynab, “ochiq eshiklarga qoqilib yurmasdan”, tizimli hamkorlikni yoʻlga qoʻygan xolda hal etiladi.

Buning uchun hech boʻlmasa boshlanishiga tegishli davlatlardagi mos partiyaning saytiga kirib, ular bilan bogʻlanib, hamkorlikda ishlarni yoʻlga qoʻyish kerak, xolos. Siz oʻzingizning katta yutugʻingizdek koʻrsatishga urinayotgan piarmencha yondashuvlar qisqa muddatli shov-shuv effektini berishi mumkindir, lekin masalani hal qilmaydi.

OʻzLiDeP esa oʻzining “Yedinaya Rossiya” bilan hamkorlikda amalga oshirayotgan ishlari orqali yurtdoshlarimizning oʻsha mamlakatda olib borayotgan faoliyatlarini tartibga soluvchi huquqiy normalarni bir qator yengillashtirishga erishsa, mana shuning oʻzi katta yutuq deb hisoblaydi. Albatta, MTDPchilar tomonidan bildirilayotgan fikrlarga qarab, ularda bunday tizimli ishlash uchun na tayinli hamkor, na bilim borligi oxirgi paytda yaqqol sezilib qoldi. Shuning uchun hozircha hech boʻlmasa, yurtdoshlarimizning holidan xabar olib turishni “maʼqul topganlari” ham toʻgʻri. Bu borada jiddiy ishlarni OʻzLiDePga qoldirganlari durust.

Koʻchirmakashlik masalasida barcha aytganlaringiz toʻgʻri. Koʻp narsalarni balki turklar sizdan koʻchirsa arzir, kim biladi. Oʻziga mahliyo odamga biror narsa tushuntirish qiyin. Lekin hozircha aksi, nafaqat gʻoyalarni koʻchirishda, hatto eng kulgilisi, har bir harakatda ulardan koʻchirayotganlaringizga guvoh boʻlmoqdamiz, xolos.

Shioringizni nega ulardan koʻchirganlaringizni tushuntirishga harakat qilibsiz. Xoʻp, lekin Turkiya rahbari qaysi sharoitda, va asosiysi, qanday maqsadlarda bu shiorni oʻrtaga tashlagan, Oʻzbekistonda bu shiorni toʻgʻridan-toʻgʻri koʻchirish va xalqni unga ergashishga chaqirish... qanchalik toʻgʻri ekanligini oʻylab koʻrmadingizmi? Turkiya Oʻzbekiston uchun yaqin, birodar mamlakat. Bizning partiyamizdagi koʻplab faollar ham ular bilan yaqin hamkorlik aloqalarni oʻrnatgan va munosabatlarimiz yanada mustahkam boʻlishi tarafdorimiz. Qolaversa, na bu masalaga, na MTDPning “kalta yubkalilari” masalasiga OʻzLiDeP shu vaqtgacha aralashgani yoʻq. Bularning barchasi jurnalistlarimiz, ayniqsa blogerlarimizning ziyrakligi tufayli eʼtiborga tushayotgan jihatlardir. Partiya qoʻpol xatolarga yoʻl qoʻyib, keyinchalik bu xatolar barchaning kulgisiga sabab boʻlayotgan boʻlsa, buni OʻzLiDePni emas, oʻzining “zabardast piarchilar”idan koʻrsa toʻgʻriroq boʻlar edi.

Endi “Ijtimoiy fikr” xulosalari xususida. Bir maqol bor, “Yuzing qiyshiq boʻlsa, oynadan oʻpkalama”. Faqat nimaga ular ushbu soʻrovda XDP birinchi oʻrinda deb oʻylashgan, bunisi, bizga qorongʻu. Aks holda nimaga “XDP Oʻzbekistonda birinchi partiya emas, bu aniq. Lekin OʻzLiDeP oʻzini ikkinchi partiya sifatida tan olayotgani bu yaxshi, albatta”, - deyishganini tushunish qiyin. Fikrimizcha, siyosat, qonunchilik borasida bilimlari yetishmasligi bir tomon, sotsiologik soʻrovlar natijalarini toʻgʻri oʻqish qobiliyati ham yetishmaydi shekilli. Ochigʻini aytganda, MTDPdagilarning darajasi qachon bu ahvolga tushib qoldi, hayronmiz. Mayli, erinmasdan ularga siyosatshunoslikdan saboq berdik, endi “Ijtimoiy fikr” sotsiologik soʻrovlari natijalarini ham biroz tushuntirsak. Soʻrovda keltirilgan tartibda XDPning birinchi pozitsiyada qoʻyilgani uning soʻrov natijalariga koʻra birinchi oʻrinda ekanligini anglatmaydi. Xuddiki, ayrim internet tarmoqlarida oʻtkazilgan soʻrovlarda MTDPning birinchi yozilishiga qaramasdan, ularning birortasida gʻolib boʻlmagani kabi. Ahvol shu darajaga borganki, besh daqiqaga boʻlsa-da, biror soʻrovda MTDP sal oldinroqqa oʻtsa, shu partiyaning “beminnat xizmat”ida boʻlgan ayrim “Bayonoff”lar buni katta “milliy bayram” darajasiga olib chiqishmoqda. “Odamlar, ishonasizlarmi, 5 daqiqaga boʻlsa ham OʻzLiDePdan oldinga oʻtdik, besh daqiqa boʻlsa ham shu holatni ushlab tura oldik deb”. Toʻgʻri hozirgi ahvolida MTDP uchun va uning Bayonofflari uchun bu yetib boʻlmas balandlik, shunisiga ham quvonib yurishaversin.

Endi, “Ijtimoiy fikr” soʻrovlariga qaytsak, ularning rahbarlari XDPdanmi yoʻqmi, uni bahona izlovchilarga qoldiramiz. Lekin natijalariga koʻra, oʻtgan oy yakuni boʻyicha ham, ikkinchi soʻrov yakuni boʻyicha ham lider – OʻzLiDeP. Bu partiya oʻtgan oydagi yetakchiligini saqlab qolish bilan birga, oʻz koʻrsatkichlarini 3 foizdan koʻproqqa yaxshilagan. XDP esa ikkinchi oʻrinda va natijalarini oʻnglashga harakat qilmoqda. Bu reytingda faqatgina yaqinda tashkil topgan Ekopartiyani ishonch bilan yengib oʻtayotgan MTDP oxiridan ikkinchi oʻrinda mustahkam oʻrnashib olgan. Yomoni, keyingi oy davomida “piar”ning yangi shakllarini qoʻllayman deb, oʻzini kulgiga qoldirayotgan soʻrovlarda ham ilgarigi pozitsiyasidan 0,4 foiz yoʻqotganligida oʻzini aksini topgan. Mana sizga bor haqiqat.

Xullas, gapirsak gap koʻp. Xulosa shuki, MTDPchilar oʻzlari shoshma-shosharlik bilan turli darajada “qovun tushirayotgan” bir paytda OʻzLiDePga tosh otish oʻzlariga obroʻ olib kelmasligini yana bir karra eslatib qoʻyapmiz. Maslahatimiz, toshni emas, boshni ishlating!

Akbar MUZAFFAROV,
OʻzLiDeP Siyosiy Kengashi
Ijroiya qoʻmitasi
boʻlim mudiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshni emas, boshni ishlating!