Toshkentda Vebster universitetining filiali ochildi
Bugun, 1-noyabr kuni Vebster universiteti (AQSH)ning Markaziy Osiyodagi filiali - Toshkent shahridagi taʼlim dasturlarini amalga oshirish Markazining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Bugun, 1-noyabr kuni Vebster universiteti (AQSH)ning Markaziy Osiyodagi filiali - Toshkent shahridagi taʼlim dasturlarini amalga oshirish Markazining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Marosimda Vebster universiteti Kansleri Elizabet Strobl rahbarligidagi AQSH delegatsiyasi vakillari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat maslahatchisi A.Abduvohidov, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.Majidov, vazir oʻrinbosarlari va rektorlar ishtirok etdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-martdagi PQ-4245-sonli qarori bilan Toshkent shahrida Vebster universitetining taʼlim dasturlarini amalga oshirish markazi tashkil etildi.
Oʻquv jarayonlari 2019/2020 oʻquv yilidan oʻquv jarayonlari boshlandi va bu yerda bakalavriatning asosiy 14 ta taʼlim yoʻnalishlari hamda 16 ta magistratura mutaxassisliklarida kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyildi.
Hozirda oliygohda 470 nafar talaba tahsil olmoqda va Vebster universitetining Toshkent filiali talabalar soni boʻyicha Tailand, Xitoy, Niderlandiya, Shveysariya, Gretsiya, Avstriya va Ganadagi filiallarni ortda qoldirdi.
Universitetda oʻqitish kunduzgi taʼlim shaklida, toʻlov-kontrakt asosida, ingliz tilida, jumladan elektron taʼlim va masofaviy taʼlim texnologiyalarini qoʻllagan holda Vebster universiteti tomonidan tasdiqlangan oʻquv rejalar va dasturlar asosida amalga oshirilmoqda.
Bitiruvchilarga Oʻzbekiston Respublikasida oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan Vebster universitetining diplomi beriladi.
