Joriy yil universitetimizga 52 ming 796 abituriyent onlayn ariza topshirib, shundan 1085 nafari talabalikka tavsiya etildi.

Prezidentimizning yoshlarni oliy taʼlim tizimiga qamrovini bosqichma-bosqich kengaytirish boʻyicha belgilab bergan topshirigʻiga muvofiq Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida 2020-2021 oʻquv yiliga qabul kvotalari oldingi oʻquv yiliga nisbatan 25 foizdan ziyod qilib shakllantirildi. Yaʼni bu yil barcha taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklariga jami 1095 nafar, shundan bakalavriatga 925 nafar, magistraturaga 170 nafar talaba qabul qilish tasdiqlandi.

Joriy yil universitetimizga 52 ming 796 abituriyent onlayn ariza topshirib, shundan 1085 nafari talabalikka tavsiya etildi. Bakalavriat qabul rejasi 160 nafar ortigʻi bilan bajarilib, yoshlarni oliy taʼlim tizimiga qamrovi oldingi yilga nisbatan 50 foizdan oshdi. Eng muhimi, qabul rejalaridagi davlat granti uchun ajratilgan 60 oʻrin 175 taga koʻpaytirildi. Bu davlatimizning iqtidorli yoshlar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga qaratayotgan eʼtiborining yaqqol namunasidir.

Universitet qabul komissiyasi tomonidan talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilishni karantin talablariga toʻliq rioya qilgan holda tashkil etildi. Jumladan, hujjatlarni qabul qilish jarayonida boʻlgʻusi talabalarga maksimal qulayliklar yaratilib, toʻlov-shartnomalari ham birdaniga rasmiylashtirildi.

Hujjatlarni qabul qilish bilan birga 1-kurs talabalarini oʻquv jarayoniga koʻniktirish, ularni masofaviy taʼlim va universitetda ushbu oʻquv yilidan joriy etilgan kredit modul tizimida oʻqish tartiblari bilan tanishtirish chora-tadbirlari ishlab chiqildi. Bunda asosiy eʼtibor talabalarni ilk kundanoq masofaviy taʼlim tizimiga koʻniktirish va professor-oʻqituvchilarni viloyatlarga xizmat safariga yuborib, barcha talabalarni bevosita masofaviy taʼlimga qamrab olishga qaratildi. 1-kurs talabalari tegishli taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha murabbiylar boshchiligidagi telegram guruhlarga biriktirilib, ularga oʻquv jarayoniga tegishli koʻrsatmalar, uslubiy qoʻllanmalar, masofaviy taʼlimda qoʻllanadigan dasturiy taʼminotlar, tanishtiruv darslari mavzulari, universitet elektron kutubxonasi haqidagi maʼlumotlar oʻzbek va rus tillarida yetkazib borildi.

Bu maʼlumotlar aniq va tushunarli boʻlib, talabalar uchun juda qulay. Guruh murabbiylari talabalar bilan virtual muloqotlarda va telefon suhbatlari orqali tushayotgan savollarni tahlil etib, yana qanday maʼlumotlar tayyorlash haqida takliflar berib bordi. Bundan tashqari, universitetning tsuos.uz rasmiy veb-saytida “1-kurs” maxsus rukn ochilib, bir qator foydali resurslar joylandi. Talabalarga qulay boʻlishi uchun bu maʼlumotlarning har biriga alohida giperhavolalar berilgan boʻlib, bu birdaniga tegishli maʼlumotlar, slayd taqdimotlar, videoqoʻllanmalar, elektron kitoblarni yuklab olish imkonini yaratadi.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining tegishli buyrugʻi bilan 12-oktyabr kuni 7 fakultetimizda ZOOM platformasi orqali onlayn tanishtiruv darslari boshlandi. Onlayn muloqotlarda talabalarning dars jarayoni va fanlarni oʻzlashtirishga oid savollariga batafsil javob berildi.

1-kurslarni oʻquv jarayoni bilan tanishtiruv darslari 14-oktyabrgacha davom etadi. 15-oktyabrdan fanlar boʻyicha masofaviy darslar boshlanib, talabalar onlayn taʼlim orqali oʻquv jarayoniga kirishadilar.

Avazbek Vohidov,

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti

oʻquv ishlari boʻyicha prorektori

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Talabalar uchun tanishtiruv darslari onlayn tarzda boshlandi