SENAT KENGASHI: 29 yil aytilmagan gap...
Taʼkidlash joiz, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining Sirdaryoda boʻlib oʻtayotgan sayyor majlisi viloyatda ilk bor amalga oshirilyapti.
Oliy Majlis Senati Kengashining Sirdaryo viloyatida boʻlib oʻtayotgan majlisida Senat Raisi Tanzila Norboyeva xalqimiz katta yutuqlarga erishayotganini, lekin bular osonlikcha boʻlayotgani yoʻqligini taʼkidladi.
– Siyosiy islohotlar ham mutlaqo yangi bosqichga chiqdi. Iqtisodni erkinlashtirish masalalari, ijtimoiy hayotdagi katta ishlarimiz, xalqimiz farovonligini oshirish borasida, ayniqsa, uzoq yillar, 29 yil davomida aytilmagan gap – mamlakatimizda kambagʻallik borligi va uni bartaraf qilish boʻyicha juda katta harakat eʼlon qilindi. Bu masalalarni hal qilishda mablagʻimiz ham bor, saʼy-harakatlarimiz ham, kerakli tuzilmalar ham bor. Davlatimiz rahbarining yuksak siyosiy irodasi ham bor, – dedi T.Norboyeva. – Mana shunday chiroyli ketayotganmizda bu yil hammamiz uchun ogʻir, sinovli keldi. Butun dunyoda kechayotgan pandemiya mamlakatlarning iqtisodiga katta zarar keltirdi. Hali hech kim bundan keyingi jarayonlar qanday kechishini aytib bera olmaydi. Oxirgi asrlarda bunday inqiroz boʻlmagan va buning salbiy oqibatlarini hali sezamiz.
Taʼkidlash joiz, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining Sirdaryoda boʻlib oʻtayotgan sayyor majlisi viloyatda ilk bor amalga oshirilyapti. Ushbu tajribaning kelgusida keng qoʻllanilishi masalalarni joylardagi deputatlar, faollar bilan kengroq, mazmunliroq muhokama qilish imkonini beradi.