Onlayn formatda tashkil etilgan mazkur respublika anjumanida mamlakatimizning barcha hududlaridan 100 dan ziyod matematik olimlar, yosh tadqiqotchilar ishtirok etdi.

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti va Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti hamkorligida “Matematikaning zamonaviy muammolari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy onlayn konferensiyasi oʻtkazildi.

Anjumanni universitet rektori, professor A.Reymov ochdi. Konferensiyada mashhur matematik olimlardan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti direktori, senator, akademik Sh.Ayupov, akademik A.Sadullayev, professor M.Aripovlar oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etdi.

Taʼkidlanganidek, soʻnggi yillari davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimizning ilmiy salohiyatini yuksaltirish, ilm-fanni rivojlantirish boʻyicha qator samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-iyuldagi “Matematika taʼlimi va fanlarini yana-da rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2020-yil 7-may kungi “Matematika sohasidagi taʼlim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlari sohani yangi bosqichga olib chiqdi. Jumladan, davlatimiz rahbarining 7-may kungi qarorida Qoraqalpogʻiston Respublikasida, Buxoro, Namangan, Samarqand va Xorazm viloyatlarida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika institutining hududiy boʻlinmalari tashkil etilishi tasdiqlandi. Albatta, bu qarorlar butun ilm ahli uchun katta imkoniyatlar yoʻlini ochib beradi. Shuningdek, yosh matematiklarning oʻz iqtidorlarini namoyon etishlarida ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadbir barcha ishtirokchilarning kelgusi ilmiy faoliyati uchun juda foydali boʻldi. Xususan, yosh izlanuvchilar jahon miqyosida ilmiy izlanishlar olib borayotgan ustoz-matematiklarning maʼruzalaridan bahramand boʻldi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Matematikaning zamonaviy muammolari