Keyingi paytda savodxonlikdagi “andak badxatligimiz” toʻgʻrisida turli gap-soʻzlar tez-tez uchrab turibdi. Albatta, bu bejizga emas.

YOKI QOʻSHALIFBOCHILIK QACHONGACHA?

Bugun maktab oʻquvchilari, oliy oʻquv yurti talabalari, hatto oʻqituvchilarning yozma mahsulotlari (xat, maqola, konspekt va hokazo) da lotin va kirill alifbolaridagi harflar qorishigʻidan iborat antiqa yozuvga duch kelayotganimiz va achinarlisi bunga ajablanmay qoʻyganimiz (toʻgʻirlab oʻqib ketaveramiz) bor gap.

Biz, uzoq yillar mobaynida qatʼiy bir qarorga kelib masalani boshqa ayrim muammolar singari qonun, qaror yoki farmon bilan keskin hal etib qoʻya olmayotganimiz oqibatida uchinchi alifbo – “kirlot alifbosi” ni yaratib oldik nazarimda. Davlat, xalq, millat oʻzligining muhim shartlaridan biri boʻlgan ALIFBO, YOZUV masalasiga bepisand munosabatimiz shu tariqa davom etaversa, ana shu “kirlot” alifbosida qolib ketadiganga oʻxshaymiz.

Qoʻshalifbochilikni gazeta va jurnallar tahririyatlari, nashriyotlar kabi tilimiz, yozuvimiz, adabiyotimiz sofligiga masʼul boʻlgan sohalar bayroq qilib yurgani esa... Nima deb izohlashni ham bilmay qoladi kishi.

Masalan, respublika markaziy nashrlari – gazeta va jurnallarning aksariyati nomi lotin alifbosida: “Qishloq hayoti”, “Oʻzbekiston ovozi”, “Oʻzbekiston adadiyoti va sanʻati”, “Hurriyat”, “Ishonch”, “Jahon adabiyoti”, “Sharq yulduzi” nomi ikkala alifboda ham beriladi va hokazo. Endi ularning ichidagi materiallar kirill alifbosida, korxona va tashkilotlar nomlari lotin yozuvida boʻlgani tufayli ularning mazkur nashrlardagi reklama-tijorat sahifalari yana lotin yozuvida... Bu kulgili hol emasmi? Baski, hamma materiallar kirill alifbosida berilayotgan ekan, nashrning nomida ham shu yozuvga rioya etish maqsadga muvofiq boʻlmasmikan, xuddi “Xalq soʻzi”, “Yangi Oʻzbekiston” gazetalari kabi? Yoki toʻliq lotin alifbosiga oʻtish kerak.

Bunday manzara davlat va nodavlat televideniyelarining barcha kanallarida ham allaqachon qatʼiy qaror topgan: dasturlar, koʻrsatuvlar va boshqa barcha titr yozuvlari lotin alifbosida beriladi.

Bundan tashqari, ish yuritish kirill alifbosida olib borilayotganiga qaramay mamlakatimizdagi vazirliklar, idoralar, tashkilot va muasasasalar, korxonalar peshtoqini ham yuqoridan quyigacha lotin alifbosidagi peshlavha bezab turibdi.

Dunyoning qaysi davlatida shunaqa tajriba bor? Bir asr mobaynida toʻrt marta alifbosini almashtirib, beshinchi martasida oʻzgartirishlar kiritib, yana haligacha arosatda yurgan qaysi davlatni bilamiz? Biz nima qilayapmiz oʻzi?! Nega oʻttiz yildan beri bir toʻxtamga kela olmayapmiz? Maqsadimiz nima? Qoʻshalifbochilik qachongacha davom etadi? Shu savolga gapni aylantirmasdan aniq javob beradiganlar ham bormi?!

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kirilmizmi, lotinmizmi, nima deylik otimizni?