Inson zoti shunday yaralgan – baʼzan shaytonning qutqusiga uchadi, baʼzan toʻgʻri yoʻldan toyadi.

Inson zoti shunday yaralgan – baʼzan shaytonning qutqusiga uchadi, baʼzan toʻgʻri yoʻldan toyadi. Beayb – faqat parvardigor. Allohning bir ismi – sifati Rahmon, yana biri – Gʻafur. Yaʼni rahmli va kechirimlidir. Insonki, adashibdi, yoʻlini boshqa tomonga buribdi, ammo bir kun kelib uning xato ekanligini anglabdimi, uni kechirish, toʻgʻri yoʻlga qaytishiga koʻmak berish bandalariga ham xos boʻlmogʻi lozim.

Baxt degan tushunchani har kim har xil tasavvur qiladi. Kimdir uni tinchlik-xotirjamlik yoki sihat-salomatlikda, bosh¬¬qa birov oila, doʻstlar, yaxshi daromadli ishda, deb biladi. Umuman, baxt haqida gap borganda, har kim uni oʻz ¬dunyoqarashi, tafakkuri, qarichi bilan oʻlchaydi. Mahkumlikdagi odam uchun esa ozodlik, oilasi bagʻrida boʻlish katta baxt.

Shu bois adashib jinoyat yoʻliga kirgan va sodir etgan qilmishidan chin dildan pushaymon boʻlgan insonlarga yana bir bor imkon berish, ularni toʻgʻri yoʻlga, oilasi bagʻriga qaytarish davlatimiz oldida turgan muhim masalalardan biriga aylandi. Zero, adashganlar ham shu mamlakat fuqarolaridir.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan muborak Ramazon hayitini nishonlash arafasida xalqimizga xos mehr-oqibat, ezgulik, xayr-saxovat kabi olijanob fazilatlarning yorqin ifodasi sifatida “Jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan bir guruh shaxslarni afv etish toʻgʻrisida”gi farmoni imzolandi. Unga koʻra, jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga chin dildan pushaymon boʻlgan va qatiy tuzalish yoʻliga oʻtgan 258 nafar mahkumlar avf etildi.

Farmonga muvofiq afv etilganlar ish joylari bilan taʼminlanib, jamiyatda oʻz oʻrinlarini topishlariga yordam beriladi. Davlatimiz rahbari tomonidan Ramazon hayiti arafasida koʻrsatilayotgan bunday gʻamxoʻrlik yurtimizdagi barcha insonparvar, mehr-oqibatli kishilarni xursand qildi.

Zero, kechirimli boʻlish hamma vaqt insonlar va jamiyatga koʻpdan-koʻp manfaat va muvaffaqqiyatlar keltirgan. Va shu bilan birga kechirimli boʻlish moʻmin-musulmonlar uchun yuksak fazilatlardandir.

Kechirimlilik insonning ulugʻ sifatlaridan biridir. Alloh taolo oʻzining kalomida shunday bayon qiladi: “Yaxshilik bilan yomonlik barobar boʻlmas. Sen yaxshilik boʻlgan narsa ila daf qil. Koʻribsanki, sen bilan orasida adovati bor kimsa, xuddi sodiq doʻstdek boʻlur”. (Fussilat surasi 34-oyat)

Yana bir oyati muborakda Alloh taolo shunday marhamat qiladi: “Kim avf etib isloh qilsa, uning ajri Alloh zimmasidadir”. (Shoʻro surasi 40-oyat).

Qurʼoni karimning yana bir oyati karimasida Alloh taolo bandalariga quyidagicha xitob qiladi: “Va agar avf etsangiz, koʻngilga olmasangiz va ayblarini kechirsangiz, bas, albatta, Alloh kechiruvchi va rahimdil zotdir”. (Tagʻobun surasi 14-oyat).

Alloh taolo bandalarini gunohini kechiruvchi Zotdir. Kechirimlilik qanchalik buyukligini Alloh taoloning Odam alayhissalomning tavbasini qabul qilganidan bilsa boʻladi. Alloh taolo bandalarini ham bir-birlarini ayb nuqsonlarini, xato-kamchiliklarini kechirishga buyurgan.

Yuksak xulq sohibi boʻlgan Paygʻambarimiz sollallohu alayhi va sallam bu borada eng katta ibrat boʻlganlar. U zotniing nihoyatda kechirimlilik boʻlganliklari, u kishini boshlariga ogʻir kunlarni solgan mushriklar rahnamosi boʻlgan bir qancha kishilarni kechirib yuborganliklari kechirimlilikning oliy namunasidir.

Alloh taolo “Qurʼoni Karim”da shunday marhamat qiladi: “Afvni ( qabul qilib) oling, yaxshilikka buyuring, johillardan esa yuz oʻgiring!”. (Aʼrof surasi, 199-oyat).

Ushbu oyatni tafsir qilgan ulamolar oyatdagi “ Afvni ( qabul qilib) oling” degan muborak birikmani “kechirimli boʻlishga” dalolat qiladi, deyishadi. “Tafsiri irfon”da bu oyatning tafsiri haqida shunday deyiladi:“Oyat karimadagi “urf” soʻzi “yaxshi amallar” maʼnosida, Alloh taolo ushbu oyati karima orqali Oʻz paygʻambariga afvni qabul qilib olishni, yaʼni, oʻta kechirimli boʻlishni, odamlarni yaxshilikka chorlashni hamda shirk va kufr yoʻlini tutgan johil, nodon kimsalardan yuz oʻgirishni buyurmoqda. Parvardigorning amriga boʻysungan Paygʻambarimiz kechirimlilikda ham, odamlarni yaxshilikka chaqirishda ham butun ummatga ibrat boʻlganlar”.

Ulugʻlarimiz kechirimlilik dunyodagi amallarning eng xayrlisi va fazilatlisidir, deydilar. Paygʻambarimiz (s.a.v.) shunday deydilar: “Qiyomat kuni boʻlganda bir jarchi nido qiladi: “Odamlarga kechirimli boʻlganlar qayerda? Parvardigoringiz huzuriga kelinglar va savobingizni olinglar! Qaysi bir musulmon kechirimli boʻlsa, jannatga kirishlikka haqlidir”

Kechirimlilik, bagʻrikenglik, insonparvarlik — oʻzbek xalqiga xos azaliy qadriyatlar hisoblanadi. Hayotda adashgan, bilib-bilmay xato qilgan, qilmishidan pushaymon boʻlgan yuzlab odamlar kechirilmoqda, afv etilmoqda, oilasi, yaqinlari bagʻriga qaytarilmoqda.

Boshi devorga tekkandan soʻng adashganligini tushunib yetgan odamlarni afv etish muqaddas dinimizning asosiy arkonlaridan biri sanaladi. Koʻplab bunyodkorlik va xayrli amallari bilan tarixda qolgan ulugʻ bobokalonimiz sohibqiron Amir Temur ham “Menga yomonliklar qilib, boshim uzra shamshir koʻtarganlar, ishimga koʻp ziyon yetkazganlarni ham, agar ular iltijo bilan tavba-tazarru qilib kelsalar, hurmatlab, yomon qilmishlarini xotiramdan oʻchirdim”, deya bagʻrikenglik, kechirimlilik fazilatlarini yuksak darajada eʼzozlaganini eslamoq joiz.

Mazkur bagʻrikenglik va insonparvarlik gʻoyasi bilan yoʻgʻrilgan farmon jamiyatimizda inson, uning hayoti va erkinliklari eng oliy qadriyat ekanligini yana bir tasdiqladi. Xulosa qilib aytganda, bu yurtda inson aziz, uning qadr-qimmati har narsadan ustun. Bugun afv etilganlarni, kechirilganlarni har jihatdan qoʻllab-quvvatlash, ularga koʻmak berish zamirida bir haqiqat mavjud. U ham boʻlsa, hayotga kelgan har bir inson umrini mazmunli oʻtkazsin, gʻanimat fursatlarni huda-behudaga sarflamasin, yurtiga, yurtdoshlariga sodiq boʻlib, oʻz vatanida baxtli hayot kechirsin….

R. USMONOV,

Oʻzbekiston musulmonlari idorasining

Qashqadaryo viloyatidagi vakili, viloyat bosh imom-xatibi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kechirimlilik – yuksak fazilat