Eron aviakompaniyasi dekabr oyidan Toshkentga parvozni boshlaydi
Eron Islom Respublikasi va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasidagi hukumatlararo kelishuvga muvofiq joriy yilning dekabr oyidan “Zagros Airlines” aviakompaniyasi “Tehron-Toshkent-Tehron” yoʻnalishida muntazam qatnovlarni amalga oshirishni boshlaydi.

Dastlabki bosqichda aviakompaniya haftasiga 1-marta parvozlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Keyinchalik esa parvozlar chastotasi haftasiga 2-martaga yetkaziladi.
Transport vazirligi huzuridagi “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan Eron aviakompaniyasiga “Tehron-Toshkent-Tehron” yoʻnalishida reyslarni amalga oshirish uchun ekspluatatsiya ruxsatnomasi berilgan.
“Zagros Airlines” aviakompaniyasi Oʻzbekistonga parvozlarni Airbus A-320, McDonnell Duglas MD-82 va MD-83 samolyotlarida amalga oshirish maʼlum qilgan.