AYBSIZLIK PREZUMPSIYASI MUHIMMI YOKI XAVFSIZLIK?!

Shu kunlarda internetga kirsangiz, faqat vahimali xabarlarni oʻqiysiz. Falon davlatda kasallanganlar soni bunchaga yetibdi, falon mamlakatda buncha odam vafot etibdi... Rosti, bunday axborotlardan yurak bezillab qolgan kunlarda OʻzAning yaxshi bir tashabbus bilan chiqqanidan xursand boʻldim. Chunki, mana, bir haftadirki, uza.uz saytida “El boshiga ish tushganda” degan rukn ochilib, odamlarni mulohazaga chorlaydigan, ezgulikka boshlaydigan materiallar berib borilyapti. Men ham ana shu yangi rukn bois ayrim mulohazalarimni keskinroq boʻlsa-da qogʻozga tushirdim.

Mamlakatimizda koronavirus pandemiyasi aniqlangan birinchi bemor roʻyxatga olingan kun – 15-martdan buyon hammamizning koʻnglimizda bir xavotir. Ilohim, yurtga tarqalib ketmasin! Lekin ming afsuslar boʻlsinki, ayrim yurtdoshlarimizning bilib-bilmay qilgan xatti-harakatlari, eʼtiborsizligu loqaydligi sabab koronavirus degan balo yurtimizga ham kirib keldi. Hukumatning karantin eʼlon qilishi, sogʻliqni saqlash sohasi xodimlarining jonfidoliklariga qaramasdan tarqaldi...

Ikki haftadan oshayaptiki, hammamizning nigohimiz teleekranlarga, diqqatimiz, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlarga qaratilgan. Hukumat kundan-kunga karantin choralarini qatʼiylashtirmoqda. Shifokorlar televizorda, ijtimoiy tarmoqlarda tinimsiz koronavirus tarqalishining oldini olish borasida targʻibot-tashviqot ishlarini olib borishmoqda.

Prezidentimiz aynan yurtimizda koronavirus tarqalishining oldini olish borasida uch marta yigʻilish oʻtkazdi. Uch marta xalqqa, yaʼni sizu bizga murojaat qildi. Bu murojaatlarda ham asosiy eʼtibor kasallikning xalq orasida keng tarqalib ketmasligini qaratildi. Davlat rahbari aholini uyda oʻtirishga, imkon darajasida koʻchaga chiqmaslikka, qoʻl berib koʻrishmaslikka chaqirdi.

Xoʻsh, natija qanday boʻlayapti? Biz hukumat talabiga, shifokorlar tavsiyasiga toʻliq amal qilayapmizmi?

Afsuski, bu savollarga baralla “Ha”, deb javob bera olmaymiz.

Toʻgʻri, kasallik aniqlangan yurtdoshlarimizdan 30 nafari toʻliq sogʻaydi. Minglab yurtdoshlarimiz karantin zonalaridan uylariga qaytmoqda. Bu nafaqat fidoyi shifokorlarimiz, balki hammamizning yutugʻimiz, taʼbir joiz boʻlsa aytish mumkinki, ilk gʻalabamizdir. Lekin hali bu yutuq, bu gʻalaba bilan maqtanishga erta.

Chunki yurtimizga bostirib kirgan koʻrinmas yov hali ortga chekinayotgani yoʻq. Bir kun besh, ikkinchi kun oʻn, uchinchi kun oʻn olti, toʻrtinchi kuni yigirma nafardan oshiq yurtdoshlarimizda koronavirus balosi aniqlanmoqda.

Nega? Nima uchun?

Chunki karantin talablariga boʻysunmayapmiz. Shifokorlar tavsiyasiga rioya qilmayapmiz.

Namangandagi hoji toʻy...

Andijondagi kursdoshlar uchrashuvi...

Toshkentdagi kuyov navkar...

Va nihoyat kuni kecha Jizzax viloyatining Arnasoy tumanida harbiydan qaytganini 24 nafar sinfdoshi bilan “nishonlagan” askar...

Ular kimlar oʻzi? Elning, yurtning dushmanlarimi? Yoki bosar-tusarini bilmay qolgan boyvachcha – “yangi oʻzbek”larmi? Ularga qonunning, karantin talablarining, shifokorlar ogohlantirishining sariq chaqachalik ahamiyati yoʻqmi? Agar bor boʻlsa, nega bilganlaridan qolishmayapti? Nega oʻzlarining, oila aʼzolarining, qoʻni-qoʻshni, mahalla, oxir-oqibat butun bir xalqning ertasini oʻylashmayapti?

Nima, biz shu darajada omi xalqmizmi? Shu darajada savodsizmi? Yoki shu darajada boʻynimiz yoʻgʻonlashib, manmansirab ketganmizmi? Agar shunday boʻlmasa, nega koʻra-bila turib oʻzimizni olovga otayapmiz?..

Mamlakatimizda ilk koronavirus aniqlangan bemordan kasallik yuqtirganlar soni bir necha oʻn nafarni tashkil etayapti... Noqonuniy yoʻllar bilan Turkiya orqali Umra safariga borgan ayol tufayli bugun uning qavmu qarindoshlari, tanish-bilishlari, hammahallalari aziyat chekishayapti...

Onasini soʻnggi yoʻlga kuzata olmagan farzandlarning ahvolini tasavvur qilayapsizmi?..

Agar tasavvur qilayotgan boʻlsangiz nega toʻxtamayapsiz?! Axir oʻsha farzandlarning oʻrnida siz ham boʻlishingiz mumkinku?..

Hamon bozorlar gavjum, hamon doʻkonlar toʻlib-toshgan!

Nega? Nima uchun?

Axir hukumat karantin eʼlon qilingan birinchi kundan boshlab takror-takror aytayapti: Oʻzbekistonda oziq-ovqat taqchilligi boʻlmaydi! Zaxiralarimiz yetarli! Narx-navo oshib ketmaydi. Hammasi nazoratga olingan.

Lekin shunga qaramasdan oʻzingizni bozorga urasiz. Kerak-nokerak oziq-ovqat zaxiralarini uyingizga tashmalaysiz. Qoʻni-qoʻshni, oshna-ogʻayni bilan fisq-fujur oʻchogʻiga olov qalaysiz: “Kecha sakkiz qop un olib keldim. Oʻn qop kartoshka, besh qop piyoz xarid qildim...”

Teleeshittirishlardan birida aytilganidek, xudo koʻrsatmasin, bozorma-bozor, doʻkonma-doʻkon yurib kasallik yuqtirib olsangizchi? Yiqqan-terganingiz, yugurib-yelib, boshqalarning rizqini qiyib toʻplagan zaxirangiz sabil qolib ketmaydimi? Nega bu yogʻini oʻylamaysiz?

Qimmatbaho mashina minadigan boyvachcha vatandoshlar! Siz ham koronavirusdan himoyalanmagansiz. Agar sizning bir-ikki million dollarlik boyligingiz boʻlsa, bugun xorijda milliard-milliard dollar mablagʻi bor, kerak boʻlsa osmondagi oydan “dacha” uchun joy olib qoʻygan milliarderlarga sichqonning ini ming tanga boʻlib qolayapti. Nahotki shularni eshitmayotgan, oʻqimayotgan, koʻrmayotgan boʻlsangiz?

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda hokimiyat tomonidan yordam sifatida berilgan oziq-ovqat mahsulotlarini yerga otib, oʻzini kamsitilgan hisoblab, “kun qahramoni”ga aylangan ayol tasvirlangan vediolavha ijtimoiy tarmoqlarni larzaga keltirdi. Kimdir ayolni yoqladi, yana birov uning qilmishini qoraladi. Meni esa boshqa narsa oʻylantirib qoʻydi. Nega biz davlatga, hokimiyatga bu darajada iyak osib oldik?

Oʻquvchi mendan xafa boʻlmasin. Men shu ayol timsolida keyingi paytda oramizda urchib borayotgan NOSHUKURlikning yuzini koʻrdim. Ayolni tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatgan yurtdoshimizning timsolida soxta obroʻ orttirib, mashhurlikka erishish ilinjida yurgan MANQURT kimsa yuz koʻrsatdi. Nahotki shu ayolning qarindosh-urugʻi, qoʻni-qoʻshnisi, mahalladoshlari orasida “Hoy baraka topkur, seni kambagʻalligingda hokimiyatning nima aybi bor? Agar berilgan yordamni nazaring ilmagan ekan, nega olding?” deydigan mard topilmagan boʻlsa?..

Hokimiyat bergan yordamni yerga otib “mashhur” boʻlgan hamyurtim, uni gapirtirib, tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatib, tilga tushgan singlim, hech oʻylab koʻrdingizmi, koronavirus yuqtirib olgan bir nafar bemor uchun qancha-qancha yurtdoshlarimiz karantinga olinayapti? Yuz nafarmi? Ikki yuz yoki uch yuz nafarmi? Toʻgʻrisi, men ham anigʻini bilmayman. Bilganim shuki, 14 kunlik karantinga olingan va olinayotgan yurtdoshlarimiz uchun davlatning, davlat byudjetining, yaʼni siz bilan men daromadimizdan toʻlagan (Agar haqiqatda ham soliq toʻlagan boʻlsangiz!) milliard-milliard soʻmlari sarflanmoqda. Ana shu mablagʻni siz obroʻsizlantirmoqchi boʻlgan hokimiyat, yanayam aniqrogʻi, davlat sarflamoqda!

Shu oʻrinda yana bir shaxsiy taklifim ham bor edi-ki, quyida bayon etaman. Balki taklifim kimgadir maʼqul kelar, balki maʼqul kelmas...

Maʼlumki, mamlakatimizda aniqlangan birinchi bemordan kasallik yuqtirganlar soni oshkor etildi. Bu yaxshi. Keyinchalik bemorning ism-sharifini oshkor qilganlarni qonun buzganlikda ayblashdi. Bu ham toʻgʻri. Lekin bugun mamlakatda rasman favqulodda holat eʼlon qilinmagan boʻlsa-da, biz favqulodda holatda yashayapmiz. Nazarimda, OITS kabi kasalliklarda shaxsning ism-sharifini sir tutish toʻgʻri boʻlar, lekin bugungidek koʻrinmas dushman bilan kurashayotgan davrimizda bemorning kimligini, qaysi manzilda yashashini, kasb-korini yashirish, zararimizga ishlayotgandek. Agar har kuni ommaviy axborot vositalarida quruq raqamlarda eʼlon qilinayotgan bemorlarning kimligi, kasbi kori, yashash manzili ochiq-oshkor aytilsa, kutilgan va kutilmagan vaziyatlarning oldini olgan boʻlarmidik.

Yana qaytarib aytaman, bu mening shaxsiy fikrim.

Ijtimoiy tarmoqlarda har qanday shaxsiy fikrni toshboʻron qilib, “mashhur”lik pillapoyasini zabt etishga tayyor turgan “huquqbon”larga ham aytar soʻzim bor: bugun bizga bayroq qilib koʻtarayotganimiz aybsizlik prezumpsiyasidan koʻra xalqimizning xafvsizligini taʼminlash muhimroq. Zero, har qanday qonun xalq uchun yaratiladi va u xalq manfaatiga xizmat qilishi shart va zarur.

OʻzAdagi qadrdon va fidoyi hamkasblarga esa bugungidek el boshiga ish tushgan, ogʻir va tashvishli kunlarda oʻnlab elektron ommaviy vositalari orasida oʻta vaziminlik bilan, halol va haqqoniy axborot berib borayotganlari uchun alohida rahmat aytaman. Zero, OʻzA sahifalarida yozilayotganidek, bugun hayot faqat koronavirusdan iborat emas, Oʻzbekiston atalmish yurtimizda hayot davom etmoqda, dehqon dalasiga baraka urugʻi qadab, chorvador molu qoʻyini yaylovga haydab, quruvchilar koʻprigu yoʻllar, muhtasham binolar, zaruriy inshoatlarni qurib, ertangi yaxshi va yorugʻ kunlarimizga zamin yaratishyapti.

Islom Hamroyev,

“Adolat” gazetasi bosh muharriri.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
El boshiga ish tushganda