El boshiga ish tushganda
Aniqlangan talafotni bartaraf etish boʻyicha mutasaddi rahbarlarga aniq topshiriqlar berdi xamda bajarilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Bosh vazir oʻrinbosari yetkazilgan talafotni joyida oʻrganmoqda
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Oʻktam Barnoyev Buxoro tumanida qishloq xoʻjaligi sohasida tabiiy ofat yetkazgan talafotlarni oʻrgandi.
Aniqlangan talafotni bartaraf etish boʻyicha mutasaddi rahbarlarga aniq topshiriqlar berdi xamda bajarilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Bosh vazir oʻrinbosari “Buxoro Varnet” masʼuliyati cheklangan jamiyati shaklidagi xorijiy korxona tomonidan gidroponika usulida tashkil etilayotgan issiqxonani ham borib koʻrdi.
Mazkur xorijiy korxona tomonidan 15,6 million dollarlik toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya jalb qilinib, gidroponika usulida 13 gektar yerda issiqxona qurilmoqda. Shundan hozirda 3 gektar yer maydonida zamonaviy oynaband issiqxona tashkil etilgan. Loyihani amalga oshirish natijasida 30 ta yangi ish oʻrni yaratilgan.
Ayni paytda issiqxonada pomidor yetishtirilmoqda. Korxona mutasaddilari hosilni Rossiya va Qozogʻistonga eksport qilishni rejalashtirgan.
Shundan soʻng tumanda pillachilik sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, ayniqsa, xonadonlarda ipak qurti parvarishi bilan bogʻliq jarayonlar oʻrganildi.
Takidlanishicha, tuman “Agropilla” MCHJ tomonidan 2 ming 900 quti ipak qurtiga shartnomalar tuzilgan. 1 ming 959 ta fermer xoʻjaliklari zvenolari va 485 ta kasanachilarga tarqatilgan. Zvenolarga 72,5 tonna un, 29 tonna kartoshka, 29 ming litr paxta yogʻi, 580 kilogramm choy yetkazib berilgan.