Hozirgi kunda Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va Oʻzbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali (regulation.gov.uz)ga joylashtirilgan yangi tahrirdagi Soliq kodeksi loyihasi jamoatchilik oʻrtasida keng muhokamaga sabab boʻlmoqda.

Jumladan, kodeks loyihasining 488-moddasida advokatlik firmalari va byurolari soliq solish maqsadida tadbirkorlik subyektlari deb eʼtirof etilishi nazarda tutilmoqda.

Taʼkidlash lozimki, “Advokatura toʻgʻrisida”gi Qonunda advokatlik firmalari va advokatlik byurolari notijorat tashkilotlar sifatida eʼtirof etilgan boʻlib, ular daromad (foyda) olishni oʻz faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmaydi hamda olingan daromadlarni (foydani) oʻz qatnashchilari (aʼzolari) oʻrtasida taqsimlamaydi.

Taklif etilayotgan tartib advokatlik tuzilmalari soliq yukining oshishiga, bu oʻz navbatida, advokatura institutining rivojlanishiga toʻsqinlik qilishi, fuqarolarga va tadbirkorlik subyektlariga professional yuridik yordam koʻrsatish sifatiga salbiy taʼsir koʻrsatishi hamda tergov va sud ishi yuritishda malakali yuridik yordam olish huquqining konstitutsiyaviy kafolatlarini taʼminlashda qiyinchiliklar tugʻdirishi, yuridik yordam koʻrsatish qiymatining oshishiga va aholiga ortiqcha sarf-xarajatlarga olib kelishi mumkin. Yuqoridagi holatlar yurtimizda sud-huquq sohasida, xususan advokaturaning rolini oshirish va aholiga maqbul yuridik xizmat koʻrsatish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarga toʻliq mos kelmaydi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, Adliya vazirligi advokatlik firmalari va byurolarini tadbirkorlik subyektlariga tenglashtirish hamda ularni tadbirkorlik subyektlari sifatida soliqqa tortish masalasini maqsadga muvofiq emas deb hisoblaydi va mazkur kodeks loyihasini huquqiy ekspertizadan oʻtkazish jarayonida ushbu masala boʻyicha oʻz munosabatini vakolatli organlarga bildiradi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Adliya vazirligi: advokatlik firmalari va byurolarini tadbirkorlik subyektlari deb eʼtirof etish maqsadga muvofiq emas