Temirchilarda “Bolgʻa uruvchiga bir tanga, “mana bu yerga ur”, deyuvchiga ikki tanga”, degan maqol bor. Bolgʻachi bir oyda 30 tanga, usta 60 tanga topadi. Har ikkisidagi malaka mahsulot sifatiga singadi. Sifatli mahsulotning bahosi qimmat ekanligi barchaga maʼlum.

Inson kapitali bu – odamning foyda keltirish qobiliyatining oʻlchovi. Bunga uning tugʻma qobiliyati, talanti, bilimi va orttirgan kasbiy malakasi kiradi. Molning bahosi – vaznida, oshniki – mazasida, xonandaning bahosi – jonli ijroda, futbolchining bahosi – mahorat bilan urgan toʻplarining sonida. Hatto odamning ham bahosi bor ekan. Bundan bir necha yil muqaddam mashhur futbolchi Krishtianu Ronalduni bir futbol komandasi ikkinchisidan 100 million dollardan ziyodga sotib olgan edi. Toʻgʻri, bu odamning emas, uning qoʻlidan keladigan ishlari – inson kapitalining bahosidir.

Inson kapitali bu – savodli omma, tadbirkor shaxs, malakali ishchi, noyob tajribaga ega boʻlgan mutaxassis, yuksak mehnat qilish qobiliyatiga ega mehnat jamoasi, ham jismoniy, ham maʼnaviy sogʻlom, masʼuliyatni chuqur sezadigan yuqori madaniyatli jamiyat aʼzolari demakdir. Bunga erishmasdan turib jamiyatni rivojlantirib, uni taraqqiy ettirib boʻlmaydi.

Xoʻsh, davlatimiz rahbari koʻndalang qilib qoʻyayotgan inson kapitali masalasi bizda qay darajada? Bu sohada dunyoda biz nechanchi oʻrinda ekanligimizni aytmay qoʻya qolayligu, oʻsha porloq kelajagimiz yoʻlida hozirgi kunda bu masalaga qanchalik diqqat-eʼtibor berayapmiz, degan savolga javob izlaylik.

Taʼkidlash joiz, sovetlarning uzoq davom etgan dahriy kommunistik tuzumi davridan erkin jamiyat, erkin iqtisodiyot munosabatlariga oʻtish, ilgari kam uchrab, asosan tashvish keltiradigan shaxsiy tashabbusdan – tashabbuslar davri, jamiyatiga koʻchish, mafkuraning almashinuvi, ideallarning evrilishi, ilgari hukmron hisoblangan ayrim soxta fanlardan voz kechishimiz (axir ularda qariyb uch avlod umri mobaynida ming-minglab ishchi-xizmatchilar, olimlar, mutaxassislar band boʻlishgan), eng gullagan, mehnat qilish qobiliyati yuqori darajada boʻlgan davrida ish topish, daromad qilish maqsadida chet elga chiqib ketish, milliy davlat tilimizning tiklanishi, ayniqsa, imlo lugʻatlarining almashinuvi (arab, lotin, kirill, yana lotin) va yangi axborot, raqamli texnologiyalarning hayotimizga shiddat bilan kirib kelishi natijasida maʼlumoti ham bir nav boʻlgan xalqimizning katta bir qismi ijtimoiy-siyosiy faoliyatdan chetda qoldi, desa boʻladi. Inson kapitali ham tushib, pastlashib, susayib ketdi.

Oldimizda boshlangʻich, oʻrta va oliy taʼlim tizimlarida oʻquv sifatini tubdan yaxshilash, erkin iqtisodiyot talablariga mutlaqo javob bermaydigan, bilim olishdan chalgʻitadigan jamoat ishlariga majburan jalb qilishdan voz kechish, oilalarda ham farzandlarimizning oʻqishi, oʻrganishi, tarbiyasiga eʼtiborni kuchaytirishimiz masalasi turibdi.

Shu yerda qadimdan erkin bozor iqtisodiyoti sharoitida yashab kelayotgan birgina davlatdan misol keltiramiz: maʼlumki, Buyuk Britaniyaning Oksford yoki Kembrij universitetlari saviyasida mutaxassislarni tayyorlash butun dunyo oliy taʼlim tizimlari intilayotgan etalonlardan, orzu-umidlardan boʻlib qolmoqda. Bu yerda oʻqitilayotgan talabalarning miyasi mental arifmetika dasturi asosida raqamlarni qoʻshish, olish va koʻpaytirishda elektron hisoblagich – kalkulyatorga qaraganda ham tezroq ishlash qobiliyatiga ega.

Mashhur davlat rahbari, siyosatchi Margaret Tetcher qatorida Buyuk Britaniyaning yana 24 nafar Bosh vaziri Oksford universitetini tugatgan. Universitet muzeyida “Dorian Grey portreti” asari bilan dunyoga mashhur boʻlgan yozuvchi Oskar Uayld, “ Gulliverning sayohatlari” nomli asar muallifi Djonatan Svift va Uygʻonish davrining buyuk faylasuflaridan Djon Lokk portretlari ostiga “Bizning talabamiz” deb yozib qoʻyilgan.

Oliy oʻquv yurtlari oʻrtasida taʼlim berish saviyasi boʻyicha esa Angliyaning yana bir – Kembrij universiteti dunyoda birinchi oʻrinda turadi. Birgina raqam: jahonda bor boʻlgan barcha Nobel mukofoti sovrindorlaridan 88 nafari Kembrij universiteti diplomiga ega.

Buyuk Britaniyaning bu ikki yetakchi universitetida 40 mingga yaqin talaba tahsil oladi. Bugungi talaba ertangi yirik davlat, jamiyat va jamoat arbobi, yirik kompaniya, korporatsiya rahbari, Nobel mukofoti sovrindoridir. Bunga universitetning, davlatning, shu universitetda oʻqiyotgan talabalar ota-onalarining ham ishonchi komil.

Mana, Oʻzbekistonda ham nufuzli xorijiy oliy oʻquv yurtlari filiallari ochildi. Endi Toshkentda turib farzandlarimiz Oxford Brookes, Vestminstr, Amerika, Rossiya, Singapur, Malayziya, Koreya institut va universitetlarida oʻqish imkoniyatiga ega boʻldilar. Birgina Oxford Brookes universitetining bakalavr diplomiga ega boʻlgan bitiruvchi dunyoning 170 davlatida ishlash imtiyozi, imkoniyati va huquqiga ega.

Toʻgʻri, Markaziy Osiyo davlatlarining koʻplab davlat va jamoat arboblari, yirik olimlar, yozuvchilar, jurnalistlar ham oʻz vaqtida bizning mashhur Oʻzbekiston Milliy (dastlab Markaziy Osiyo, soʻngra Toshkent davlat) universitetida, Toshkent texnika universiteti, Samarqand davlat universitetida tahsil olishgan.

Davlatimiz rahbari ishtirok etgan yigʻilishda taʼkidlanganidek, vaqt oʻzgarayapti, ilmga, bilimga talab ortmoqda, uzoq yillar davomida biz oʻrganib qolgan xom ashyo (paxta, pilla, oltin yombi, hatto neft va gaz) ishlab chiqarish va ularni qayta ishlash bilan ham uzoqqa borib boʻlmaydi. Ishlab chiqarishda rivojlanish, qoʻshimcha qiymat olish uchun esa innovatsiyalar kerak. Shu bois ilm-fan taraqqiyotimizning muhim yoʻnalishi, tayanchi boʻladi, dedi davlatimiz rahbari.

Koʻpgina xorijiy davlatlardan farqli, oliy oʻquv yurtlarimizning ilm-fanni rivojlantirishdagi oʻrni va roli bugungi kunda maqtanarli emas. Fundamental ilm-fan bilan asosan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot institutlari shugʻullanadi. Oʻquv institutlaridagi olimlar esa asosan dissertatsiya tayyorlash: magistr, dotsent, fan doktori unvonlarini olish, pedagogik faoliyat bilan band.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
88 nafar Nobel mukofoti sovrindorini bergan universitet