Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
529 ta tayanch maktabda rossiyalik trenerlar malaka darslarini oʻtadi

A.Avloniy nomidagi malaka oshirish instituti va A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti kelishuviga asosan joriy yilning 6-oktyabridan 35 nafar rossiyalik mutaxassisning Oʻzbekistonga tashrifi kutilmoqda.

1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni

A.Avloniy nomidagi malaka oshirish instituti va A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti kelishuviga asosan joriy yilning 6-oktyabridan 35 nafar rossiyalik mutaxassisning Oʻzbekistonga tashrifi kutilmoqda. 

Ular shu yil oxiriga qadar viloyatlarda xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlari, umumtaʼlim maktablarida rus tili fani va umumtaʼlim fanlarini rus tilida oʻqitish sifatini oshirish boʻyicha mahalliy oʻqituvchilar bilan birgalikda faoliyat olib borishi belgilangan.

Prezidentimiz rahbarligida 2020-yil 17-avgust kuni xorijda mehnat qilayotgan fuqarolarimizga munosib shart-sharoitlar yaratish va ular bilan tizimli ishlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan videoselektor majlisida bir qator vazifalar belgilangan edi. 

Shu bois Xalq taʼlimi vazirligi va Rossiya Maorif vazirligi oʻrtasida “2020-2030-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi maktablarida rus tili fanini va umumtaʼlim fanlarini rus tilida oʻqitishning sifatini oshirish” loyihasini amalga oshirish boʻyicha hamkorlik memorandumi imzolandi. Unga koʻra, Xalq taʼlimi vazirligi va Rossiya Maorif vazirligi tomonidan Avloniy nomidagi malaka oshirish instituti va Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti ushbu loyihani amalga oshiruvchi ishchi organi etib belgilandi.

Shuningdek, mazkur loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish maqsadida Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti va Avloniy nomidagi malaka oshirish instituti oʻrtasida ham hamkorlik yoʻlga qoʻyildi va loyiha doirasida bir qator tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirildi.

Loyiha doirasida Rossiya davlat pedagogika universiteti professor-oʻqituvchilari va rossiyalik rus tili mutaxassislari bilan hamkorlikda joriy yil oktyabr-noyabr oylarida respublikamizdagi 4 ming nafar rus tili oʻqituvchisining kasbiy ehtiyojlarini va ming nafar 9-11-sinf oʻquvchisining rus tilini bilish darajasini oʻrganish maqsadida soʻrovnoma oʻtkazishi rejalashtirilgan. Oʻtkaziladigan soʻrovnomada rus tili oʻqituvchilarining bilim darajasini aniqlash, rus tili faniga oid oʻquv-metodik taʼminotni hamda masofadan taʼlim olish uchun mavjud sharoitlarni oʻrganish koʻzda tutilgan.

Aniqlangan kasbiy ehtiyojlardan kelib chiqib, oʻquv dasturlari takomillashtiriladi hamda rossiyalik mutaxassislarni jalb qilgan holda oʻqituvchilar malakasini oshirish jarayoniga oʻqitishning zamonaviy innovatsion shakl va usullari tatbiq etilib, ularning malakasini oshirish rejalashtirilgan. Mazkur loyiha doirasida 2021-yildan boshlab respublikaning 203 ta tuman (shahar)ida belgilangan 529 ta tayanch maktabi negizida 300-400 nafar rossiyalik trener tomonidan oʻqituvchilarimiz malakasi oshiriladi.