O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti olimlari mahalliy xomashyo asosida kamqonlik kasalligini davolovchi eritim preparatini yaratdi.

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti olimlari mahalliy xomashyo asosida kamqonlik kasalligini davolovchi eritim preparatini yaratdi. Hayvonlarning bezidan olingan ushbu shifo vositasi organizmda temir moddasi yetishmovchiligida yuqori samaradorlikka ega ekanligi aniqlandi va uni tibbiyot amaliyotiga qo‘llashga ruxsat etildi.

– Eritim analoglariga ko‘ra bir necha barobar samarador jihatlari bilan ajralib turadi, – deydi O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti direktori, kimyo fanlari doktori, professor Abbosxon To‘rayev. – Uning asosida muolaja o‘tkazilganda kasallikni davolash muddati bir necha barobar qisqardi va bemorning salomatligi tez tiklanishi ma’lum bo‘ldi.

Institutda bunday samarali tadqiqotlar ko‘p. Keyingi yillarda paxtadan olinadigan gossipol va uning hosilalari asosida o‘ttizdan ortiq preparat yaratildi. O‘simliklardan dorivor preparatlar olish texnologiyasi o‘zlashtirildi. Hozirgi kunda qon to‘xtatuvchi lagoden, gerpesga qarshi megosin, virusli kasalliklarni davolashda ragosin singari vositalardan tibbiyotda samarali foydalanilmoqda. Ularning barchasi mamlakatimizda ishlab chiqarilmoqda.

Prezidentimiz Islom Karimovning 2008-yil 15-iyuldagi “Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori fan va ishlab chiqarish o‘rtasida aloqalarni mustahkamlashda muhim omil bo‘lmoqda.

Keyingi yillarda institut olimlari yaratgan o‘n beshdan ziyod innovatsion ishlanma tibbiyot, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat xavfsizligi sohasiga tatbiq etildi. Yana yigirmaga yaqin ishlanma sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tdi.

Dunyoda qishloq xo‘jaligi ekinlarining kasallanishi oqibatida hosilni yo‘qotish ko‘rsatkichi oshib bormoqda. Kasalliklarga chidamli o‘simliklarni yaratish va pestitsidlarni qo‘llash bu muammoga to‘liq yechim bo‘la olmaydi. Buning uchun zararkunandalarga qarshi kurashning biologik usullarini joriy etish muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, fitopatogenlarga qarshi biogen preparatlar juda samarali. Chunki, bunday tabiiy usullar atrof-muhitga zarar yetkazmaydi. Keyingi yillarda yaratilgan DAG-1 va DAG-2 nomli preparatlar ana shunday yuqori samaradorlikka ega ekanligi ma’lum bo‘ldi. Ayni paytda ushbu ishlanmani joriy etish yuzasidan tajriba-sinov va patentlash ishlari davom etmoqda.

Institut olimlari yaratgan g‘o‘za zararkunandalariga qarshi kurashuvchi feromon tutqichlar ham biologik kurash usullaridan biri. Bu usul ekologik jihatdan toza, boshqa jonzotlarga ziyon yetkazmaydi, hasharotlarda uning ta’siriga ko‘nikma hosil bo‘lmaydi, uni amalda qo‘llash ham ancha oson. Shu bois bu ishlanmaga talab tobora ortib bormoqda. O‘tgan yilgi Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasida viloyatlardagi o‘simliklarni himoya qilish markazlari bilan tuzilgan shartnomalar doirasida 500 mingdan ortiq feromon tutqich to‘plamlari yetkazib berildi.

Oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi izlanishlar ham samarali bo‘lmoqda. Hujayra texnologiyasi asosida urug‘lik kartoshka yetishtirish bo‘yicha erishilgan natijalar bunga misoldir. Uch bosqichdan iborat ushbu texnologiya asosida o‘rta darajada sho‘rlangan va suv tanqis hududlarda ham yaxshi hosil yetishtirish mumkin. Toshkent, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarining ana shunday hududlaridagi dalalarda o‘tkazilgan tadqiqotlar buni tasdiqladi.

Institut olimlari tomonidan ayni paytda davlat granti asosida qirqdan ziyod fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar yuzasidan ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Noyob asbob-uskunalardan kompleks foydalanish markaziga o‘rnatilgan zamonaviy laboratoriya jihozlari ilmiy tadqiqotlarni chuqur sinovdan o‘tkazish, tahlil va tajriba ishlarini samarali olib borish imkonini bermoqda.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi preparat yaratildi