Akademik Po‘lat Habibullayev butun umrini el-yurt ravnaqi, ilm-fan rivojiga baxshida etgan yirik olim, davlat va jamoat arbobi edi.

Andijonda tug‘ilib o‘sgan olim yurtimiz ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayotining barcha jabhalarida ibratli faoliyati, fidoyiligi bilan O‘zbekiston nomini xalqaro miqyosda ulug‘lagan insonlardan biri edi. Ayniqsa, fizika fani rivojiga ulkan hissa qo‘shgan olim, shu yo‘nalishda 500 dan ortiq ilmiy maqola, 15 monografiya muallifidir. 4 monografiyasi xorijiy tillarga tarjima qilingan, ko‘plab ixtirolar muallifi sifatida katta shuhrat qozongan.

Fizikaning akustika, optika, nanofizika, lazer fizikasi, superion o‘tkazgichlar va kvant-o‘lchamli sistemalar fizikasi, yadro fizikasi, radiatsion materialshunoslik va boshqa qator yo‘nalishlarda olib borgan fundamental tadqiqotlari jahon ilmiy jamoatchiligi tomonidan alohida e’tirof etilgan. Xususan, olim erishgan ulkan ilmiy yutuqlari uchun Buyuk Britaniyaning Kembrij shahridagi Xalqaro biografik markaz va Jahon intellektual mulk tashkilotining oltin medallari bilan taqdirlangan. Amerika Qo‘shma Shtatlarining Koliforniya Xalqaro biografiya instituti 1995 yilda jahon ilm-fani rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, fundamental muammolarni hal etishdagi ilmiy tadqiqotlari uchun Po‘lat Xabibullayevni oxirgi o‘n yillikdagi “Eng mashhur shaxs”, deb e’lon qilgan. Shuningdek, u qator xalqaro ilmiy markazlar, o‘nlab davlatlar Fanlar akademiyasi a’zoligiga saylangan.

Akademik Po‘lat Habibullayev ayni paytda turli ilmiy va davlat muassasalariga rahbarlik qildi. Qayerda, qanday vazifada ishlamasin, avvalo, ana shu muassasaning nufuzini, ilmiy salohiyatini yuksaltirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratdi. Jumladan, Andijon qishloq xo‘jaligi (sobiq paxtachilik) instituti rektori, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti kafedra mudiri vazifalaridagi faoliyati davomida yurtimizda oliy ta’lim rivojiga salmoqli hissa qo‘shdi. U kishining bevosita tashabbusi bilan O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Issiqlik fizikasi bo‘limi, uning qoshida Amaliy lazer fizikasi instituti tashkil etildi.

O‘zbekiston fizika jamiyatining tashkil etilishi ham aynan Po‘lat Habibullayev nomi bilan bog‘liq. Jamiyatni tashkil etish orqali olim turli idoralar, fan, ta’lim va ishlab chiqarishda faoliyat ko‘rsatayotgan mutaxassis, pedagog va olimlarni yagona maqsad yo‘lida birlashtirdi, shu bilan birga, fizika fani rivojini jadallashtirish, uning yutuqlarini xalq xo‘jaligiga joriy qilishning samarali usullarini taklif etish, xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni mustahkamlash borasidagi ishlarni yanada yuqori bosqichga ko‘tardi.

Ustoz ishda ham, ilmda ham hamkasblari va shogirdlariga ibrat namunasi edi. Zimmasidagi har qanday vazifaga katta mas’uliyat bilan yondashar, shijoati, kasbiga sadoqati, fidoyiligi bilan barchani yuksak marralarga ilhomlantirardi. U kishiga kim, qanday masalada murojaat qilmasin, imkon qadar yordam berar, shogirdlarini hamisha qo‘llab-quvvatlar edi.

Po‘lat Habibullayev O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti direktori, O‘zFA Issiqlik fizikasi bo‘limi ilmiy rahbari, Fanlar akademiyasining vitse-prezidenti, Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qo‘mitasi raisi, «O‘zbekiston fizika jurnali» bosh muharriri, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalar markazi direktori lavozimlarida ishlagan yillarida ham ilm-fan rivoji yo‘lida samarali mehnat qildi, fan yutuqlarini amaliyotga tatbiq etish borasidagi ko‘plab ishlarga bosh-qosh bo‘ldi.

Olimning keng ko‘lamli ilmiy faoliyati, erishgan yutuqlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlandi. 1994 yilda “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi” unvoni, 2000 yilda «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlandi.

Ustoz Po‘lat Habibullayevning mazmunli hayoti va serqirra faoliyati barchamiz uchun hamisha ibrat va tarbiya maktabi bo‘lib qoladi.

Sirojiddin Zaynobiddinov,
Beruniy nomidagi Davlat mukofoti sovrindori,
fizika-matematika fanlari doktori, professor.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ibrat maktabi