Andijon shahridagi Raqamli shahar (Digital city)da “Unicorns” startaplar tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tadi. Unda investorlar va startap sohasiga qiziquvchilar ishtirok etishi mumkin va 25 ishtirokchi 2 milliard so‘mgacha bo‘lgan sarmoya uchun bellashadi.

Kuni kecha “Unicorns” loyihasining akseleratsiya bosqichi yakunlandi. Jamoalar ekspertlar tomonidan o‘tkazilgan treninglarda qatnashdi va biznes murabbiylari bilan doimiy aloqada bo‘ldi. Kerakli tavsiyalarga tayanib, o‘z faoliyatini rivojlantirdi.  

Shuningdek, tanlovning final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan jamoalar ro‘yxatini shakllantirish ishlari ham yakuniga yetdi. Ishtirokchilar orasidan saralab olingan eng yaxshi startap egalari o‘z loyihalari bilan final bosqichida bahs olib boradi. Yakunda g‘olib, deb topilgan loyihalar “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi tomonidan moliyalashtiriladi.  

Ma’lumot uchun: ““Unicorns”” loyihasida 35 yoshgacha bo‘lgan, Andijon viloyatida istiqomat qilayotgan yosh startapchilarning loyihalari qabul qilindi. Loyiha 3 bosqichda olib borildi. Dastlabki bosqichda https://unicorns.uz veb-sayti orqali 466 nafar yosh startapchining arizalari qabul qilindi. II bosqichda esa loyihalar saralandi. Yakuniy bosqichda, ya’ni finalda eng yaxshi, deb topilgan loyiha mualliflari va saralangan startap loyihalar to‘liq qo‘llab-quvvatlanadi.  

Yuborilgan startaplarning aksariyati “Ta’lim va kadrlar tayyorlash texnologiyalari”, “Turizm, sayohat, va mehmondorchilik” hamda “Transport va logistika” kabi xizmat turlarini tashkil etdi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Unicorns” tanlovida g‘olib loyihalar “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi tomonidan moliyalashtiriladi