Maʼlumki, 2021-yilning yanvar oyidan respublika miqyosida “Shaffof qurilish” elektron tizimini toʻliq ishga turishi borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Qurilishda sifat taʼminlanishi nimalarga bogʻliq? Sohadagi korrupsiyani oldini olishda aynan qaysi jihatlarga eʼtibor berish lozim? 

Shu va shu kabi savollarning javobi bitta. Sohani toʻliq raqamlashtirish! Prezidentimizning mazkur yoʻnalishdagi ishlarni jadallashtirish borasidagi topshiriqlari ijrosini taʼminlash borasida samarali ishlar tashkil etilmoqda.

Qurilish vazirligida Hisob palatasi vakillari ishtirokida oʻtkazilgan “Vazirlik tizimida yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish boʻyicha 2020-2021-yillarga moʻljallangan ”Yoʻl xaritasi“mavzusida”gi tadbirda ham ayni yoʻnalishdagi dolzarb vazifalarning bajarilishi xususida soʻz bordi.

Joriy yilning avgust oyidan “Shaffof qurilish” Milliy axborot tizimidagi “Qurilishdagi nazorat” quyi tizimi Toshkent shahri va Toshkent viloyatida test tariqasida ishga tushirilgani qayd etilib, bu boradagi ishlarni yana-da jadallashtirish, eng chekka hududlargacha jiddiy eʼtibor qaratgan holda, sohani raqamlashtirish orqali korrupsiya omillarini bartaraf etish zarurligi qayd etildi.

Hisob palatasi vakili tomonidan vazirlik huzuridagi Qurilishda nazorat inspeksiyasida kompleks-nazorat tizimi tashkil etilgani ijobiy baholanib, mazkur yoʻnalishdagi faoliyatni vazirlik tizimida ham yoʻlga qoʻyish zarurligi taʼkidlandi.

Tadbirda, shuningdek “Korrupsiyasiz soha” dasturi doirasidagi topshiriqlar ijrosini taʼminlashda yechimini kutayotgan ayrim muammolar mavjudligi aytilib, ularni bartaraf etish borasidagi takliflar bildirildi.

Maʼlumot oʻrnida: “Shaffof qurilish” axborot tizimini yoʻlga qoʻyish maqsadida vazirlik qoshida Qurilish sohasida AKTni rivojlantirish markazi tashkil etilgan boʻlib, bu boradagi ishlar bugun avj pallada.

Mazkur axborot tizimida qurilish ishlari sifati nazorati, investitsiya dasturidagi obyektlar monitoringi, loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazishning elektron tizimi, pudrat va loyiha tashkilotlarining elektron reytingi kabilar jamlangan.

Bunda, avvalo, inson omili cheklanadi, qolaversa barcha hujjat va maʼlumotlar yagona bazada saqlanishi natijasida sohada shaffoflik taʼminlanib, korrupsiyaning oldi olinadi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qurilish sohasida korrupsiyaga chek qoʻyiladi