Giyohvandlik vositalari – tegishli ro‘yxatga kiritilgan, O‘zbekiston Respublikasida nazoratga olinadigan, kelib chiqishi sintetik yoki tabiiy moddalar, tarkibida giyohvandlik moddasi bo‘lgan preparat va o‘simliklar hisoblanadi.

Ulardan qonunga xilof ravishda foydalanish, muomalaga kiritish esa javobgarlikka sabab bo‘ladi. Chunki bunday vositalar inson salomatligiga jiddiy xavf tug‘dirishi bilan bir qatorda, og‘ir oqibatli jinoyatlarga ham sabab bo‘ladi.  

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari  huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar bilan hamkorlikda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning analoglari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish holatlarini aniqlash va ularga chek qo‘yish borasida samarali ishlarni davom ettirmoqda.  

O‘tkazilgan tezkor tadbirlardan birida Chilonzor tumanida kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning muomalasi bilan bog‘liq holat aniqlandi.  

O‘zini shubhali tutgan ikki nafar shaxs xodimlar tomonidan to‘xtatildi. Xolislar ishtirokida tekshirilgan 29 yoshli Sh.M. va 25 yoshli A.M.ning yonida, shuningdek, ulardan biriga tegishli “Spark” rusumli avtomobil salonida 53 dona “Zardeks” kapsulalari aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.  

Ular ushbu moddalarni 29 yoshli Sh. ismli shaxsdan sotib olganini ma’lum qilgan. Tezkor tadbir davomida xodimlar kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini noqonuniy sotish bilan shug‘ullangan Sh.Y.ni qo‘lga oldi. Uning yashash manzili xolislar ishtirokida tekshirilganda, 1 ming 939 dona “Zardeks” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.  

Mazkur holat yuzasidan gumonlanuvchilarga nisbatan Jinoyat kodeksining 273, 251-1-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.  

Bundan oldin Mirobod tumanida o‘zini shubhali tutgan 1991-yilda tug‘ilgan K.G. to‘xtatilib, xolislar ishtirokida tekshirilganda yonidan 21 dona o‘ramdagi “gashish” va “Mefedron” giyohvandlik vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.  

Yangihayot tumanida esa 2001-yilda tug‘ilgan S.I. va J.B. xolislar ishtirokida tekshirilganda, ularning yonidan 2 dona o‘ramda bo‘lgan “Mefedron” giyohvandlik vositasi aniqlangan. Shuningdek, tekshiruv jarayonida ushbu fuqarolar yana bir nechta joyda giyohvandlik vositalarini yashirganini ma’lum qilgan va xolislar ishtirokida jami 18 dona giyohvandlik vositalari aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olingan.  

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.  

N.Abduraimova,  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Giyohvand vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi