Jizzax viloyati Zomin tumani markazida yangi avtovokzal ish boshladi.

Jizzax viloyati Zomin tumani markazida yangi avtovokzal ish boshladi. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan 1,7 gektar maydondagi avtoshohbekat inshootlarini barpo etishda 6 milliard 300 million soʻmlik qurilish ishlari amalga oshirildi.

Avtoshohbekatda yoʻlovchilar va avtotransport xaydovchilari uchun barcha qulaylik mavjud. Bosh binodagi kutish zali majmuasida birinchi tibbiy yordam, haydovchilar uchun dam olish, ona va bola xonalari, dispetcherlik xizmati, chiptaxona, kafe-bar faoliyat koʻrsatmoqda.

Majmua tarkibida avtobus, mikroavtobus va yoʻnalishsiz taksilar uchun alohida kutish maydonlari barpo etilgan. Avtotransportlarni texnik koʻrikdan oʻtkazuvchi mexanik xizmati yoʻlga qoʻyilgan.

Hozirgacha tuman markazidan yoʻlovchilarga Zomin – Jizzax, Zomin – Dashtobod, Zomin – Duoba, Zomin – Kultepa, Zomin – Zarbdor yoʻnalishlarida avtobus va mikroavtobuslar xizmat koʻrsatayotgan edi. Yangi avtoshohbekat ishga tushishi bilan Zomin – Toshkent yoʻnalishida avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyildi.

– Toshkent – Zomin yoʻnalishi boʻyicha 51 yoʻlovchi sigʻimli “Yutong” rusumli zamonaviy 2 ta avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyildi, – deydi Zomin avtovokzali rahbari Shavkat Imonov. – Yaqin kunda ularning qatoriga uchinchi shunday avtobus qoʻshiladi. Kelajakda 20 ta “Isuzu” rusumli avtobus keltirilib, tuman markazini qishloqlar bilan bogʻlovchi yoʻnalishlar soni yana koʻpaytiriladi.

Respublikamizning eng jozibador sayyohlik hududlaridan biri boʻlgan Zominda yangi avtoshohbekatning barpo etilishi yoʻlovchilarga katta qulaylik yaratish barobarida tuman iqtisodiyotini rivojlantirishga xizmat qiladi.

3.jpg

4.jpg

8.jpg

13-faqat saytga..jpg

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Zomin avtovokzali ishga tushdi