Poytaxtimizning Olmazor tumanidagi 509-maktabgacha ta’lim muassasasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda tumandagi maktabgacha ta’lim muassasalari mudiralari, san’atkorlar, ota-onalar hamda muassasa tarbiyalanuvchilari ishtirok etdi.

O‘zbek Milliy akademik drama teatri direktori F.Ma’sudov, 509-maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi M.Murodova va boshqalar mamlakatimizda bolajonlarga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik, yaratilayotgan imkoniyatlar e’tirofga loyiqligini ta’kidladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi "2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori maktabgacha ta’lim tizimi moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish, farzandlarimizni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish kabi dolzarb masalalarni hal etishda alohida ahamiyat kasb etayotir.

– Bola tarbiyasi nozik masala, – deydi Sevinch Usmonova. – Ularning kelajagi kimning qo‘lida kamol topishiga bog‘liq. Ikki farzandim mazkur bog‘chada tarbiyalanayotganidan ko‘nglim to‘q. Bugun o‘g‘lim va qizimni boshqatdan kashf etdim. Aytgan qo‘shiqlari-yu, bajargan rollaridan zavqlanib ketdim.

O‘g‘il-qizlar To‘maris, Alpomish, Barchin, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Alisher Navoiy singari buyuk siymolar rolini ijro etishi ularning jajji qalbida Vatanga muhabbat, ulug‘ ajdodlarga hurmat, milliy qadriyatlarimizga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qiladi.

Tadbirda bolajonlar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar, raqslar va turli sahna ko‘rinishlari mehmonlarga bahoriy kayfiyat ulashdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bola tarbiyasi boshidan...