Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, viloyatda 2-7 yoshli bolalar 285 mingdan oshadi. Tuman va shaharlardagi 551 maktabgacha ta’lim muassasasida 74 ming 300 ga yaqin bola tarbiyalanmoqda. Boshqacha aytganda, mazkur muassasalarga qamrov 26 foizni tashkil etadi.

Bu kammi yo ko‘p? Viloyatda 1100 ga yaqin mahalla, 1200 dan ortiq umumta’lim maktabi borligi, ayni paytda mavjud har bir maktabgacha ta’lim muassasasi uchun o‘rta hisobda 135 bola to‘g‘ri kelayotganini e’tiborga olsak, albatta, kam. Binobarin, ta’lim tizimining ilk bo‘g‘ini hisoblangan maktabgacha ta’lim butun tizimning asosiy maqsadi bo‘lgan barkamol avlodni tarbiyalash va kamolga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 29-dekabrdagi “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazkur bo‘g‘in faoliyati samaradorligini oshirish, maktabgacha ta’lim muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, bolalarning maktabgacha ta’limga qamrovini kengaytirish va ularning zamon talablari darajasida ta’lim-tarbiya olishi uchun keng imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.

– Davlatimiz rahbari qarori asosida 2017-2021-yillarda viloyatdagi 281 maktabgacha ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash rejalashtirilgan, – deydi Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i A.Umarov. – Jumladan, 7 maktabgacha ta’lim muassasasi yangidan quriladi, 251 bog‘chada rekonstruksiya, 23 tasida kapital ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi. Muassasalar zamonaviy talablarga javob beradigan mebel va boshqa jihoz, uskuna, o‘quv-metodik qo‘llanmalar, multimedia vositalari bilan ta’minlanadi. 2017-yilga mo‘ljallangan investitsiya dasturida viloyat bo‘yicha 28 maktabgacha ta’lim muassasasini kapital rekonstruksiya qilish, 4 tasini kapital ta’mirlash belgilangan. Ayni paytda mazkur obyektlarda qurilish-ta’mirlash ishlari boshlandi.

Maktabgacha ta’lim muassasalari uchun kadrlar tayyorlash, faoliyat ko‘rsatayotgan pedagog va tarbiyachilar malakasini oshirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada tuman va shaharlardagi pedagogika kollejlari bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda. Bolalarni maktab ta’limiga sifatli tayyorlash maqsadida muassasa pedagog-xodimlariga metodik xizmat ko‘rsatish ishlari takomillashtirilmoqda.

Qarorda maktabgacha ta’lim muassasalarida qisqa muddatli guruhlar tashkil etish yuzasidan ham aniq vazifalar belgilab berilgan. Bunday guruhlar bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashning samarali shakli bo‘lib, ota-onalar uchun ham ko‘plab qulayliklar yaratadi. Muhimi, bu bolalarni maktabgacha ta’limga qamrab olish darajasini oshirish, boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar o‘rtasida bilim egallashda tafovut yo‘qolishiga yordam beradi.

– Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar qamrovini oshirish maqsadida viloyatdagi barcha bog‘chalarda qisqa muddatli guruhlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan, – deydi viloyat xalq ta’limi boshqarmasi maktabgacha ta’lim metodisti D.Azizova. – O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Jahon banki bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Maktabgacha va umumiy o‘rta ta’limni rivojlantirish” loyihasi doirasida maktabgacha ta’lim muassasalarida 116, YuNISEF tashkiloti loyihalari asosida 115 qisqa muddatli guruh tashkil etilgan. Bu guruhlarda “Bilimdon”, “Bolajon” va boshqa dasturlar asosida bolalar maktabga tayyorlanmoqda, ularning intellektual qobiliyatini rivojlantirish, tevarak-atrof haqidagi tushunchalarini boyitish, badiiy adabiyotga qiziqishini oshirishga qaratilgan mashg‘ulotlar olib borilmoqda.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bola boshidan