Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi zavod ishga tushirildi

Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanidagi “Turon eco cement” mas’uliyati cheklangan jamiyati qoshida yangi sement zavodi ishga tushirildi.

Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanidagi “Turon eco cement” mas’uliyati cheklangan jamiyati qoshida yangi sement zavodi ishga tushirildi.

Korxonaning ochilish marosimida Prezidentimiz rahnamoligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, soha vakillari faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan alohida e’tibor ishlab chiqarish hajmining ortishi va yangi ish o‘rinlari yaratilishiga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.

Mamlakatimizda hududlarni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish dasturlari asosida ko‘plab loyihalar amalga oshirilayotir. Natijada aholi ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan bir necha turdagi yangi mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Mazkur korxona ham ana shu ishlarning amaldagi ifodasidir.

Korxona kuniga 350 tonna sement ishlab chiqarish quvvatiga ega.

– Umumiy qiymati 1 million 938 ming dollar bo‘lgan ushbu korxona xitoylik mutaxassislar yordamida qurib bitkazildi, – deydi “Turon eco cement” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Qodirjon Ahmedov. – Korxona ish boshlashi bilan 100 dan ortiq yoshlar doimiy ish bilan ta’minlandi.