Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirishda tovar va xizmat ko‘rsatish belgilarini huquqiy muhofaza qilishga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Unda har bir kichik va o‘rta korxona o‘zining savdo nomiga yoki bir necha tovar belgisiga ega ekani, lekin tadbirkorlik sub’ektlarining hammasi ham intellektual mulk kelajakda daromad olish uchun kerakli imkoniyatlarni taqdim etishi mumkinligiga yetarlicha e’tibor qaratmayotgani ta’kidlandi.

Prezidentimizning 2017-yil 19-iyundagi “Biznesning qonuniy manfaatlari davlat tomonidan muhofaza qilinishi va tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni xususiy mulk muhofazasi va kafolatlarining huquqiy mexanizmlarini yanada mustahkamlash, investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

– Kichik va o‘rta korxonalar qanday mahsulot ishlab chiqarishi yoki qanday xizmat ko‘rsatishidan qat’i nazar, ular intellektual mulk yaratadi yoki undan foydalanadi, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktori Alisher Fayzullayev. – Shunday ekan, ular intellektual mulkka egalik qilib, yuqori natijalarga erishishni ko‘zlasa, bu mulkni muhofaza qilish, boshqarish va himoya qilishni bilishi kerak. Agar ular boshqa shaxslarga tegishli bo‘lgan intellektual mulkdan foydalansa, turli bahs va tortishuvlardan xalos bo‘lish uchun litsenziya olish yo‘li bilan bu mulkni sotib olish yoki undan foydalanish huquqini qo‘lga kiritishi kerak. Joriy yilning o‘tgan davrida ana shu qoidaga amal qilmasdan, boshqalar brendidan foydalanilgan holatlar bo‘yicha 70 ortiq ish sudda ko‘rildi.

O‘zbekiston Respublikasining “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi qonuniga ko‘ra, tovar va xizmat ko‘rsatish belgisi bir ishlab chiqaruvchining tovar va xizmatlarini boshqa ishlab chiqaruvchining xuddi shunday tovar va xizmatlaridan farqlash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u intellektual mulk ob’ekti hisoblanadi. Tovar belgisi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq muhofaza qilinadi. Ayni paytda yurtimizda 40 mingdan ortiq tovar belgilari mavjud.

– Joriy yilda eksportga chiqarayotgan brendini xorijda himoya qilish bo‘yicha 20 ga yaqin tadbirkorning murojaati ijobiy hal etildi, – deydi Agentlik bosh eksperti Dilorom Zufarova. – Umuman, tovar belgilari bo‘yicha talabnomalar kelib tushishi yil sayin ko‘paymoqda. Misol uchun, 2013-yilda ular soni 2 mingdan ziyodni tashkil etgan bo‘lsa, joriy yil 1 noyabr holatiga ko‘ra bu ko‘rsatkich qariyb 3500 ga yetdi. Talabnomalarning 74 foizi tadbirkorlik sub’ektlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Matbuot anjumanida 22-23-noyabr kunlari poytaxtimizda Jahon intellektual mulk tashkiloti hamda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda mintaqaviy seminar o‘tkazilishi, unda Hindiston, Livan, Belarus, Ozarbayjon, Rossiya kabi davlatlardan vakillar ishtirok etishi ma’lum qilindi. Shuningdek, sohaning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish, intellektual mulk ob’ektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish kabi qator yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida axborot berildi.

Jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar javob qaytardi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tovar belgisi – tadbirkorning yuzi