Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligining mustahkam tayanchidir.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligining mustahkam tayanchidir. Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan tub iqtisodiy islohotlar samarasida mazkur tarmoq nafaqat yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda asosiy bo‘g‘in, balki aholi bandligi va daromadlari manbaining, yanada farovon turmushga erishishning muhim omiliga aylandi. Tadbirkorlar ishlab chiqarayotgan mahsulotlar bozorlar to‘kinligini ta’minlash barobarida davlatimiz eksport salohiyatini yuksaltirishda ham katta ahamiyat kasb etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 17-martdagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun qo‘shimcha qulay sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori Orolbo‘yi hududida bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarishda keng imkoniyatlar yaratadi.

– Tadbirkorlar safi kengayib, iqtisodiyotimizdagi hissasi tobora ortib borayotgani ularning erkin faoliyat yuritishi uchun barcha zarur sharoit yaratilayotgani tufaylidir, – deydi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi boshlig‘i Xo‘jamurat Qaypnazarov. – Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining iqtisodiyotdagi mavqeini yuksaltirish, ularning ishlab chiqarishdagi ulushini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasida ish bilan band bo‘lgan aholining 74,6 foizi shu sohada mehnat qilmoqda. Yalpi hududiy mahsulotning 57 foizi aynan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Mazkur hujjatda hududning eksport salohiyatini yanada oshirish maqsadida yo‘l-transport xarajatlari, bojxona to‘lovlarida preferensiyalar berish bo‘yicha bir qator imtiyozlar belgilangan. Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida uchta yo‘nalish – qurilish materiallari, elektrotexnika va farmatsevtika sanoati korxonalari uchun yanada qulay va raqobatbardosh ish muhitini yaratish ko‘zda tutilgan.

Taqdim etilgan imtiyoz va preferensiyalar nimalardan iborat? Eng katta imtiyoz – Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan va shu hududda faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslarning o‘z mahsulotlari eksportidan kelib tushadigan valyuta tushumini majburiy sotishdan ozod etilishidir. Agar oldin yirik korxonalar eksportidan oladigan valyuta tushumlarining 50 foizi Markaziy bankka sotilgan bo‘lsa, endilikda ushbu valyuta tushumining to‘liq summasi korxona ixtiyorida qoldiriladi. Bu korxonada qo‘shimcha valyuta mablag‘lari shakllanishi, korxonani texnik va texnologik qayta jihozlash, faoliyatini yanada kengaytirish, zarur import xomashyosini sotib olish hamda banklar oldidagi valyuta qarzdorligini qaytarish imkonini beradi.

Qarorda farmatsevtika, elektrotexnika (kabel mahsulotlaridan tashqari) hamda pardozlash-qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarning mol-mulk, yer va infratuzilmani rivojlantirish soliqlari hamda Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy to‘lovlardan ozod etilishi belgilangan. Bu ham tadbirkorlar uchun juda katta imkoniyatdir.

Qoraqalpog‘iston Respublikasidan davlat chegarasigacha yuklarni temir yo‘l orqali yetkazib berishdagi ichki va eksport tariflari o‘rtasidagi tafovut o‘rta hisobda 30-40 foizni tashkil etadi. Hududdagi korxonalarning eksport salohiyatini yanada oshirish maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan eksport qiluvchi korxonalar mahsulotini davlat chegarasigacha amaldagi ichki tariflar miqdoridagi haq evaziga yetkazib berish ko‘rsatib o‘tilgan. Bu xarajatlarning keskin qisqarishiga va tashqi bozorda mahalliy mahsulotlar tannarxi kamayishiga, raqobatbardoshligining oshishiga xizmat qiladi.

Prezidentimizning 2017-yil 18-yanvardagi “2017-2021-yillarda Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi to‘g‘risida”gi qarorida ham tadbirkorlik subyektlari uchun bir qator soliq va boshqa imtiyozlar berilgan. Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida investitsiya muhiti jozibadorligini yanada oshirish va shu orqali yangi ish o‘rinlari yaratish maqsadida 2017-yildan boshlab Mo‘ynoq, Shumanay, Qanliko‘l, Taxtako‘pir, Chimboy tumanlarida sanoat sohasida yangidan tashkil etiladigan kichik biznes subyektlari 10-yilga (2027-yil 1-yanvargacha), qolgan tumanlarda 5-yilga (2022-yil 1-yanvargacha) yagona soliq to‘lovidan ozod qilinadi. Shunga muvofiq, dastur doirasida 2017-yilda yangidan tashkil etilayotgan 367 sanoat korxonasi soliqqa tortilmaydi.

Yaratilgan bunday keng imkoniyatlar, soliq imtiyozlari natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi qurilish materiallari, elektrotexnika va farmatsevtika sohalarida faoliyat yuritayotgan korxonalarning soliq yuki nolga teng bo‘ladi.

Dastur doirasida elektrotexnika, farmatsevtika va qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoati sohalarida 2017-2018-yillarda umumiy qiymati 437,1 milliard so‘mlik 187 loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Bu 4 ming 684 yangi ish o‘rni tashkil etish imkonini beradi.

Elektrotexnika sanoatida joriy yilda 45 milliard so‘mlik 7 loyiha amalga oshirilib, 195 yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan. Jumladan, Nukus shahrida yiliga 150 ming dona “Samsung” rusumli televizor ishlab chiqaradigan korxona ishga tushiriladi. “Kardar” korxonasida yiliga 200 dona zamonaviy isitish uskunasi ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

Farmatsevtika sanoatida 83 milliard so‘mlik 28 loyiha amalga oshirilib, mingdan ziyod yangi ish o‘rni yaratiladi. Qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoatida joriy yilda 247 milliard so‘mlik 105 loyiha amalga oshirilishi ko‘zda tutilmoqda. Shuningdek, dasturda 22 pishiq g‘isht, 13 shag‘al tosh, 14 temir-beton mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish belgilangan.

Bularning barchasi Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish, xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, sanoat korxonalari faoliyatini yanada yaxshilash hamda eksport salohiyatini oshirishga qaratilayotgan alohida e’tibor samaralaridir.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorlarga yanada keng imkoniyat