O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati bilan hamkorlikda mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini jadal rivojlantirishni ta’minlash, ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari S.Safoyev, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi A.Shayxov va boshqalar mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish va har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga doimiy e’tibor qaratilayotgani iqtisodiyotimiz barqarorligi va xalqimiz farovonligida muhim o‘rin tutayotganini ta’kidladi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 5-oktabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bu borada muhim dasturilamal bo‘layotir.

Mazkur hujjatda xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyotdagi roli va o‘rnini tubdan oshirish, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish yo‘lidagi mavjud to‘siq va cheklovlarni tugatish, xususiy mulkning yalpi ichki mahsulot, jumladan, xorij sarmoyasi ishtirokidagi ulushini izchil oshirish uchun yanada qulay iqtisodiy, huquqiy sharoit va rag‘batlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga asossiz aralashishlarga qarshi ishonchli huquqiy kafolatlarni ta’minlashga yo‘naltirilgan davlat nazoratining yangi mexanizmlari joriy etilgani alohida qayd etildi.

Buni “Elektron hukumat” tizimini joriy etish doirasida davlat organlari faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlarining vakolatli organlar bilan o‘zaro munosabatining turli shakllarini kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksi belgilanganida ham ko‘rishimiz mumkin. Dasturda «yagona darcha» tamoyili bo‘yicha tadbirkorlik subyektlariga xizmatlar taqdim etishga doir yagona markazlar orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari ro‘yxatini kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar nazarda tutilgan.

Davra suhbati ishtirokchilari sohadagi dolzarb masalalar, jumladan, bank tizimida yuzaga kelayotgan, eksport va import jarayonidagi, soliq tartibi hamda soliq yuki, soliq ma’murchiligidagi qator masalalar bo‘yicha fikr almashib, xususiy mulk va investitsiyalarning daxlsizligi kafolatini amalda kuchaytirish borasida fikr-mulohazalarini bildirdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tadbirkorlar taklif bildirdi