“O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuida “Uzbekistan Industrial Forum – 2017” IX xalqaro sanoat forumi boshlandi. Anjuman oltita ixtisoslashtirilgan xalqaro ko‘rgazmani birlashtirgan.

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati, Toshkent shahar hokimligi va boshqa idora hamda tashkilotlar ko‘magida «IEG Uzbekistan» ko‘rgazma kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan tadbirning ochilishida mamlakatimizda yangi, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarish korxonalarini zamonaviy texnikalar bilan qayta jihozlash, innovatsion faoliyatni rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor sanoat salohiyatini yuksaltirishda muhim omil bo‘layotgani ta’kidlandi.

Joriy yilgi forum doirasida “UzMetalMash” – metallurgiya, metallga ishlov berish, mashinasozlik va payvandlash, “UzTechTransExpo” – maxsus texnika, transport va logistika xizmatlari, “UzMiningExpo” – tog‘-kon sanoati uchun texnologiya va uskunalar, “UzChemPlastExpo” – kimyo sanoati, plastmassa va kauchuk ishlab chiqarish, “UzSecureExpo” – xavfsizlik tizimlari, mehnat muhofazasi va yong‘in xavfsizligi hamda “InterPackExpo” – qadoqlash sanoati va omborga joylash ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmalari o‘tkazilmoqda.

Forumda O‘zbekiston, Germaniya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Janubiy Koreya, Turkiya, Eron, Belarus, Ukraina, Rossiya, Sloveniya, Chexiya kabi davlatlardan oltmishga yaqin kompaniya ishtirok etayotir. Qatnashchilarning yarmidan ortig‘ini xorijiy korxonalar tashkil etayotgani xalqaro kooperatsiya munosabatlari rivojlanib borayotganidan dalolat beradi.

Tadbir shakli tasodifan tanlangan emas. Har xil ko‘rgazma loyihalarining qo‘shilishi sanoatning asosiy tarmoqlarini qamrab olish imkonini beradi. Ko‘rgazmalarning asosiy maqsadi ishbilarmonlik muloqotlari va kommunikatsiyalari uchun qulay sharoitlar yaratish, shuningdek, ishlab chiqarishning turli tarmoqlarida zamonaviy sanoat imkoniyatlarini namoyish etishdir.

Tog‘-kon ishi mamlakatimiz iqtisodiyotining asosiy tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Xorijiy ishtirokchilarning «UzMiningExpo» xalqaro ko‘rgazmasiga bo‘lgan qiziqishi ortib borayotgani sohadagi xalqaro hamkorlikning muhim ekanidan dalolat beradi.

«ReylTransXolding» kompaniyasi (Rossiya), Novokramatorsk mashinasozlik zavodi (Ukraina), «Teknotak industrial group» kompaniyasi(Eron)ning tog‘-kon ishida zarur bo‘ladigan uskunalari mamlakatimiz mutaxassislari diqqatini jalb etmoqda.

– Forumda ilk bor ishtirok etmoqdamiz, – deydi Buyuk Britaniyaning «MMD Mineral Sizing» kompaniyasi vakili Ngim Bertrand. – Kompaniyamiz tog‘-kon sanoati uchun minerallarni maydalash majmualarini taklif etmoqda. O‘zbekistonda ushbu sohalar jadal rivojlanib borayotgani bois munosabatlarimiz istiqbolli va yanada samarali bo‘lishiga ishonaman.

«UzTechTransExpo» – maxsus texnika, transport va logistika xizmatlari ko‘rgazmasi markaziy ko‘rgazmalardan biri hisoblanadi. Bu yerda maxsus texnikalar, transport va logistika, ombor majmualari va terminallaridan foydalanish xizmatlari, transport sohasidagi innovatsion yechimlar namoyish etilmoqda.

«Ist-Batterflay» korxonasi (O‘zbekiston) tomonidan namoyish etilayotgan yengil avtomobillar uchun tirkamalar va sisternali avtotirkamalar tashrif buyuruvchilar e’tiborini tortmoqda. Ochiq ko‘cha ekspozitsiyasida Gorkiy avtozavodi (Rossiya), Minsk avtomobil zavodi (Belarus) singari avtomobilsozlik korxonalari o‘z yangiliklarini namoyish etmoqda.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati tashabbusi bilan tuzilgan, xalqaro standartlarga javob beradigan «Temiryo'l-sug'urta» qo‘shma korxonasi turli sug‘urtalash xizmatlarini taklif etmoqda. Kompaniyada temir yo‘l harakat tizimini sug‘urtalash, yuklarni har xil tasodiflardan sug‘urtalash, umumiy fuqarolik kasb javobgarligini sug‘urtalash kabi logistik faoliyatning barcha turlarini qamrab oluvchi qulay sug‘urtalash shartnomalari ishlab chiqilgan va joriy etilmoqda.

Ekspozitsiyaning ahamiyatli segmentlaridan biri xavfsizlik texnologiyalari bo‘yicha «UzSecureExpo» xalqaro ko‘rgazmasidir. Ko‘rgazmada sanoat obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash texnik vositalari, ogohlantirish tizimlari, kompleks xavfsizlikni ta’minlash jihozlari, o‘t o‘chirish mashinalari, ratsiyalar, shaxsiy himoya vositalari, o‘t o‘chirgichlar, audio va video kuzatuv, aqlli uy, texnika, texnologiyalar, halokat va ofatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish jihozlari namoyish etilmoqda.

Ko‘rgazma stendlarida sohaning yetakchi kompaniyalari o‘z mahsulotlarini omma e’tiboriga havola qilmoqda. “VIP Security” (O‘zbekiston), “MICROSENS GmbH & Co. KG” (Germaniya), «AGT Sistems» (Rossiya) kabi kompaniyalar shular jumlasidan.

– Mamlakatimizda jamoat xavfsizligini saqlash ishiga alohida e’tibor qaratilmoqda, – deydi "Proto" korxonasi menejeri Mixail Vasilev. – Biz taklif etayotgan turniketlar korxona va tashkilotlar, ta’lim muassasalari hamda dam olish maskanlarida xavfsizlikni ta’minlashda qulay yordamchi bo‘lib xizmat qiladi.

Qadoqlash sanoati mamlakatimizda izchil rivojlanayotgan tarmoqlardan biri hisoblanadi. Zamonaviy texnologiyalarni joriy etish tarmoq rivojlanishi, qadoqlash va materiallar sifatini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Shu ma’noda «InterPackExpo» ko‘rgazmasi xaridorlar geografiyasini kengaytirish, qisqa vaqt ichida o‘z mahsulotini ishtirokchilarning katta qismiga namoyish etish, yangi mijozlar topish imkonini beradi.

– Korxonamizda xalq xo‘jaligining turli tarmoqlari uchun mo‘ljallangan polietilin plyonkalar ishlab chiqilmoqda, – deydi "Dovon" mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Nuriddin Abdullayev. – Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar samarasida ishlab chiqarish hajmi tobora oshmoqda. Xususan, hozirgi paytda dori vositalarini qadoqlashda qo‘llaniladigan PVX qattiq plyonkasini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish ustida ish olib bormoqdamiz.

«Micros» (O‘zbekiston) kompaniyasi ishtirokchilar va tashrif buyuruvchilarning diqqatini o‘ziga tortmoqda. Korxona sanoatda qadoqlash, termotransfer bosma uchun uskunalar, bosma va nusxa ko‘chirish uskunalari, ombor uskunalari bilan ishtirok etmoqda. «LL Plasttechnology» kompaniyasi (O‘zbekiston) o‘zining katta ko‘lamdagi polimer qadoqlash va xalq iste’moli mollari bilan qatnashmoqda.

Muxtasar qilib aytganda, “Uzbekistan Industrial Forum – 2017” xalqaro forumi sanoatchilar, biznesmenlar, davlat hokimiyati organlari va ilmiy doiralar vakillarining o‘ziga xos amaliy muloqot maydoniga aylanib, korxona va tashkilotlar, investorlar o‘rtasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“O‘zekspomarkaz”da oltita ixtisoslashtirilgan xalqaro ko‘rgazma ish boshladi