Rustam Madumarovga tegishli yana bir mulk – Perfectum savdoga qoʻyildi
Oʻzbekistonda Rubicon Wireless Communication MCHJ koʻchmas mulki sotuvga qoʻyildi. Qarzdor Rustam Madumarov!
Oʻzbekistonda Rubicon Wireless Communication MCHJ koʻchmas mulki sotuvga qoʻyildi. Qarzdor Rustam Madumarov!
Toshkent shahrida joylashgan Rubicon Wireless Communication MCHJ (Perfectum) mamlakatda uyali aloqaga xizmat koʻrsatadigan yirik tadbirkorlik subyektlaridan edi.
Ochiq auksion narxni tushirib borish yoʻli bilan, demping usulida oʻtkazilishi koʻrsatilgan savdoda mazkur mulkning boshlangʻich narxi 205.587.016.500.00 soʻm etib belgilangan.
Eslatib oʻtamiz, Gulnora Karimovaning fuqaroviy eri Rustam Madumarovga tegishli boʻlgan mulk – yagona elektron savdo maydonchasida Toshkent shahrida joylashgan yirik firma – “EDEL VEYS-ALI” masʼuliyati cheklangan jamiyati fondidagi yuz foiz ulushi, debitor-kreditorlari va boshqa turdagi barcha mol-mulklari bilan auksionga qoʻyilgan edi.











