Mamlakatimizda sanoat korxonalarini modernizatsiya qilish va ishlab chiqarishga yangi texnologiyalarni joriy etishga qaratilayotgan alohida e’tibor o‘z samaralarini bermoqda. “Reprosessing” O‘zbekiston – Janubiy Koreya qo‘shma korxonasi faoliyati buning yorqin dalilidir.

– Biz yuqori darajadagi tozalash yo‘li bilan keng turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan sintetik xomashyo – ekologik toza PET-tola ishlab chiqarmoqdamiz, – deydi kompaniya vakili Ilhom Abbosxo‘jayev. – Tola plastik idishlarni qayta ishlash, saralash, shuningdek, maydalash yo‘li bilan olinadi. Korxona oyiga 1000 tonna tola ishlab chiqarish quvvatiga ega. Ko‘rpa, yumshoq o‘yinchoqlar, linoleum, avtomobil o‘rindiqlari uchun qoplama, changyutgichlar uchun filtr va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yengil sanoat korxonalari bizning hamkorlarimizdir.

Korxonada ilg‘or texnologiyalar, zamonaviy ish usullari keng joriy etilmoqda, xalqaro sertifikatlashdan o‘tgan yuqori texnologik uskunalar qo‘llanilmoqda.

Prezidentimizning 2017-yil 21-apreldagi "2017-2021-yillarda maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq, tadbirkorlik subyektlarini jalb etish va ularning maishiy chiqindilar bilan ishlash jarayonini to‘la qamrab olishga qaratilgan faoliyatini rag‘batlantirish uchun maishiy chiqindilarni yig‘ish, tashish, chiqitga chiqarish, qayta ishlash, saqlash va sotish tizimini rivojlantirish choralari belgilangan.

Yaroqsiz plastik idishlardan sintetik tola olish bilan shug‘ullanayotgan “Reprosessing” qo‘shma korxonasi faoliyati ushbu muhim vazifalarni sifatli va to‘la bajarishga salmoqli hissa qo‘shmoqda.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Plastik idishlardan sifatli tola