Navoiyda “Kitob olami” savdo majmuasi ish boshladi
Navoiy shahrida “Kitob olami” ma’naviy-ma’rifiy savdo majmuasi ish boshladi.
Navoiy shahrida “Kitob olami” ma’naviy-ma’rifiy savdo majmuasi ish boshladi.Mamlakatimizda aholi, ayniqsa, yoshlarning kitobga qiziqishini oshirish, mutolaa madaniyatini yuksaltirish, jamiyatning intellektual, ma’naviy va madaniy ehtiyojlariga to‘liq javob beradigan kitob bozorini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Davlatimiz rahbarining 2017-yil 12-yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishi bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda.
Majmuaning birinchi qavatidagi 40 o‘rinli o‘quv zalida kitobxonlar uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Ikkinchi qavat kitob savdosiga mo‘ljallangan bo‘lib, unda ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-ommabop, adabiy-badiiy yo‘nalishlardagi hamda darsliklardan iborat 35 ming kitob bazasi yaratilgan.