FAO tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra, har yili dunyo miqyosida 15 million tonna limon hosili olinmoqda. O‘zbekistonda esa 60 ming tonna limon tayyorlanib, 2,5 ming tonnasi chetga sotilmoqda va yildan yilga eksport ulushi ortib bormoqda.

Andijon viloyati Baliqchi tumani “Navnihol” MFYdagi “Bunyodkor” ko‘chasi 5-uyda istiqomat qiluvchi Gullola Haydarova 1974-yil 10-avgustda Shahrixon shahrida tug‘ilgan. 1995-yilda Baliqchi tumaniga, Ulug‘bek Haydarovlar oilasiga kelin bo‘lib tushadi.

Hozirda tumandagi 28-maktabda texnologiya fanidan o‘qituvchi bo‘lib ishlaydi. Shunga qaramay turmush o‘rtog‘i bilan 15 sotixli tomorqasida 3 ta katta limonariy tashkil qildi. Issiqxona ichida 2,5 metrli handak qazilgan bo‘lib, 10 ta zinapoyadan pastga tushib boriladi. Bu yerdagi 15 yillik 150 ta to‘p yashnab turgan limonlar baravj meva tukkan.

– 2017-yili 5 tonna hosil ko‘tardik. Avvaliga muddatidan oldin pishib yetilgan yirik-yirik limonlarni oktyabr oyida uzib sotdik. Puliga havoning o‘zgarishiga qarab, noyabrda ikki qator plyonka bilan yopdik. Hudud kattaligi sababli uchta limonariyga 10 million so‘mlik plyonka ketdi. Birinchi hosilning har kilosini 11 ming so‘mdan sotdik. Aprel oyida qolgan qismini 20 mingdan pulladik. Asosan Qirg‘iziston va Rossiyaga kichik-kichik partiyada eksport qilmoqdamiz. 80 million so‘m foyda oldik. Limonning orqasidan yaqin uch-to‘rt yilda “Lasetti” oldik, uy-joylarimizni sozladik.

Hosilni olib qo‘yib, uni saqlash muammo bo‘layotgan edi. Chunki limon qancha ko‘p saqlansa, narxi ham shuncha qimmat bo‘lib boraveradi. Hozir bir kilosi 35 ming so‘mga chiqib ketdi. Yerto‘lada 20 tonnagacha mahsulot saqlasak bo‘ladi. O‘zimnikidan tashqari, qo‘shnilardan ham sotib olib, joylasak, narx ko‘tarilganida mo‘may daromad olish mumkin.

– Bu yil ham hosil yaxshi tutgan ko‘rinadi? Undan mo‘l-ko‘l hosil olish uchun qaysi jihatlarga ko‘proq e’tibor qaratish kerak?

DSC04385.JPG

DSC04392.JPG

– Hozircha hosil yaxshi ushlamoqda. 2018-yili kuzga borib 6 tonna meva olmoqchimiz. Turmush o‘rtog‘im va 3 nafar farzandim ham menga ko‘makdosh. Halol mehnat evaziga hayotimiz ham tobora farovonlashib borayapti. Uyimning atrofi yaroqsiz yerlar va foydalanilmasdan yotgan 5 sotix yerni ham 5 yil muqaddam obodonlashtirish uchun tuman hokimi ajratib bergan edi. Bu yerni ham tosh, shag‘al, oltingugurt va boshqa qattiq chiqindilardan tozaladim. 60 to‘p limon ko‘chati ekdim. Katta ko‘chadan ko‘zni yashnatib, go‘zal manzara hosil qilganini ko‘rsam, bahri dilim ochiladi. Viloyat hokimi ham bu ko‘chadan o‘tsa, albatta, xonadonimizga bir bosh suqib o‘tadilar.

Pul ko‘p ketsa ham limonni yetishtirishda turli kasalliklarga qarshi doimiy ishlov berib borish zarur. Tagiga go‘ngni mo‘l berib, suvni uzmasangiz issiqda meva bir tekis chiqadi. Aks holda ko‘rinishi o‘zgaradi. Shifobaxsh va inson organizmi uchun zarur bo‘lgan davolovchi ozuqa moddalari juda ko‘p bu sitrus o‘simligi oilaviy biznes uchun juda foydalidir. Ish boshlashdan sira cho‘chimaslik kerak. Yil o‘tgani sayin yetarli tajriba ham orttirib borasiz. Limonning Meyer navi hosildorligi, erta meva berishi va mahalliy sharoitga tez moslashuvchanligi bilan alohida ajralib turadi. Biz shu navdan ekkanmiz.

O‘stirish sharoitlari o‘rtasida muvofiqlikni ta’minlash, inshoot loyihasiga qat’iy rioya qilib qurish, bunda o‘simlikka kun davomida quyosh nuri bir tekis tushishini ta’minlash, tuproq sharoiti me’yorda ekanligi juda muhimdir. Nasib bo‘lsa, bu yilgi daromadimdan muzlatkich olib, saqlash imkoniyatlarimizni kengaytiramiz. 2 ta qizim va 1 ta o‘g‘lim bor. Ularni birin ketin o‘qitmoqchimiz. Qiz bola uchun eng yaxshi sep bu oliy ma’lumotli diplom, deb o‘ylayman.

Respublika 5-ishchi guruhi vakillari xonadonimizga kirib ishimiz bilan jiddiy qiziqib qoldi. Faoliyatimni kengaytirish uchun menga yana yer va kredit kerakligini aytdim.

Ishchi guruhi tadbirkorlik ishtiyoqi bilan ko‘zi yonib turgan, fidoyi va g‘ayratchan, kechayu kunduz tinim bilmas, maktabdagi o‘qituvchiligidan tashqari, limonni xorijga eksport qilish haqida qayg‘urayotgan ayolga atrofidagi yaroqsiz va foydalanilmay yotgan 30 sotix yer va imtiyozli kredit ajratib berish masalasini yechishda amaliy ko‘mak ko‘rsatdi.

Laziz Rahmatov,
jurnalist

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Lasetti” olaman desangiz limon eking...