To‘lov intizomi – har bir davlatning iqtisodiy barqarorligini ta’minlovchi muhim omillardandir. Bunga har bir fuqaro va yuridik shaxsning soliqlarni, iste’mol qilingan resurslar haqini va boshqa to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lashi kiradi.

unda noqonuniy savdoga, korrupsiyaga yo‘l qo‘yilmaydi

Ushbu masalada yurtimizda ayrim muammolar paydo bo‘lgani, elektr va gaz kabi resurslardan iste’molchilarning milliardlab qarzi vujudga kelgani sir emas. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 29-maydagi “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida to‘lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzurida Majburiy ijro byurosi tashkil etilgani to‘lov intizomini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Davlatimiz rahbarining shu yil 27-iyuldagi "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilingani sohada yana bir muhim qadam bo‘ldi.

Mazkur qaror ijro ishi yuritishni amalga oshirishda mol-mulkni realizatsiya qilish bo‘yicha auksion savdolarining qonuniyligi, shaffofligi va xolisligini ta’minlashga qaratilgan. Narx-navo manipulatsiyasi va boshqa suiiste’molchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik hamda ularning oldini olish, shuningdek, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari so‘zsiz ijro etilishini ta’minlashning zamonaviy mexanizmi yaratilayotgani shu maqsadga xizmat qiladi.

Prezident qarori asosida «E-IJRO AUKSION» yagona elektron savdo maydonchasi tashkil etilayotir. Mazkur maydonchadagi ishlarni muvofiqlashtirish maqsadida Majburiy ijro byurosi huzurida «Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi» davlat unitar korxonasi tashkil etildi. Markaz zarur moddiy-texnika vositalari bilan ta’minlandi hamda yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirildi.

2017-yil 1-sentabrdan boshlab sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish bo‘yicha auksion savdolari faqatgina «E-IJRO AUKSION» yagona elektron savdo maydonchasida elektron onlayn-auksionlar shaklida o‘tkaziladi.

Soddaroq qilib aytganda, aholi va yuridik shaxslar tomonidan yo‘l qo‘yilgan turli qarzdorliklar to‘lanmagan taqdirda, uni majburiy tartibda undirish bo‘yicha vakolatli organlar sudga da’vo arizasi kiritadi. Shu asosda sud qarzdorning qarzini uning mol-mulkiga qaratish haqida qaror chiqarsa, ana shu mol-mulk davlat ijrochilari tomonidan elektron onlayn-auksionlarda sotish uchun chiqariladi.

– Elektron onlayn-auksionlar «E-IJRO AUKSION» elektron savdo maydonchasida o‘tkaziladi. Bu maydoncha internet tarmog‘ida Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazining yaqinda ishga tushiriladigan e-auksion.uz veb-saytidan joy oladi, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi mas’ul xodimi Nasim Burhonov. – Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, ilgari majburiy undiruv tartibida qarz mol-mulkka qaratilsa, ana shu mol-mulk turli rieltorlik va boshqa ixtisoslashgan savdo tashkilotlari orqali sotilgan. Ko‘p hollarda mol-mulk savdoga qo‘yilganligi to‘g‘risidagi axborotdan ko‘pchilik xabardor bo‘lmagan, chunki bunday xabarnomalar savdodan bir oy oldin faqat bir marta bosma ommaviy axborot vositalarida chop etilgan. Bu esa ayrim insofsiz savdo tashkilotlari tomonidan auksionda ishtirok etuvchi xaridorlarning sonini sun’iy ravishda cheklashga, natijada mol-mulklarning arzon narxlarda manfaatdor shaxslarga sotilishiga zamin yaratgan.

Endilikda elektron onlayn-auksionlarda har qanday shaxsga internet tarmog‘i orqali ishtirok etishga imkoniyat yaratiladi. Buning uchun elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan elektron arizani berish va mol-mulkning 5 foizi miqdoridagi zakalat pulini kiritish kifoya.

Bundan tashqari, bevosita auksionni o‘tkazish va g‘olibni aniqlash jarayoni maxsus dastur orqali amalga oshirilib, unga tashqaridan aralashishning mutlaqo imkoni bo‘lmaydi.

Savdoga qo‘yilayotgan tovarga oid ma’lumotlar ochiq bo‘lgani holda, uni xarid qiluvchilar shaxsi ko‘rsatilmasligi savdoning haqiqatan halol o‘tishini ta’minlaydi. O‘z navbatida, auksionga qo‘yilgan tovarning narxi real talab va taklif bo‘yicha bozor taomillari asosida shakllanadi. Bu mol-mulki majburiy ijroga qaratilgan shaxslarning manfaatiga ham xizmat qiladi. Chunki tovar qancha yuqori narxda sotilsa, qarzdorning qarzi qoplangandan qolgan mablag‘ egasiga qaytarilishi yoki kelgusi to‘lovlarga yo‘naltirib berilishi mumkin.

Demak, shu yil 1-sentabrdan boshlanishi kutilayotgan elektron onlayn-auksionlar o‘tkazilishi haqidagi xabarnoma va lot (lot – qarzdorning yoki uchinchi shaxsning elektron onlayn-auksionda sotiladigan mol-mulki yoki mulkiy huquqi) to‘g‘risidagi ma’lumot elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va o‘tkazishga vakolatli operatorning veb-portalida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi va uning hududiy boshqarmalari veb-saytlarida auksion o‘tkazish boshlanishiga 10 kalendar kundan kechiktirmasdan joylashtiriladi.

Dastlabki elektron onlayn-auksion narxni oshirib borish, takroriylari esa narxni tushirib borish tamoyili bo‘yicha o‘tkaziladi.

Mol-mulk elektron onlayn-auksionga baholash qiymati bo‘yicha qo‘yiladi. Davlat ijrochilari elektron onlayn-auksionlarda sotilmagan mol-mulkni arzonlashtirishga haqli emas.

Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi mol-mulkni elektron onlayn-auksionlarda sotilishini tashkil etish bilan birga, ularni realizatsiya qilish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha axborot va maslahat xizmatlarini ko‘rsatadi. Fuqarolarni elektron onlayn-auksionlarda ishtirok etish tartibi, shuningdek, savdoga qo‘yilgan mol-mulk haqida keng xabardor qiladi.

Shu bilan birga, markaz elektron onlayn-auksionlarda ishtirok etish uchun elektron raqamli imzo (ERI) kalitlarining sertifikatlarini ham beradi. Buning uchun markazda ERI berish bo‘yicha ham ish olib borilmoqda. Bu boradagi taomillar soddalashtirilmoqda. Yaqin kunlarda fuqarolar elektron murojaat orqali ham ERI olishi mumkin bo‘ladi. Markaz tomonidan mol-mulkni saqlash, tashish, saqlab turish va savdoga tayyorlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatiladi.

Bir so‘z bilan aytganda, bu zamonaviy tizim boshqa sohalarda bo‘lganidek, faqat adolat tamoyili asosida ish ko‘rishga, yurtdoshlarimizga qulaylik yaratish, xalqimiz manfaatini ta’minlashga xizmat qiladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«E-IJRO AUKSION» – shaffof tizim